|
FundamentalFundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)Teofillin
(dimetilksantin
) yaqqol bronxlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega.
Kofeinni, shuningdek koʻp miqdorda choy, qahvani muntazam ravishda iste‘mol qilish asab-
psixik kasalliklarga olib kelishi mumkin; kofeinga qaramlik rivojlanishi mumkin.
Kofein kuchsiz diuretik xususiyatga ega.
Kofein nafas qisilishi, qon aylanishi buzilishi bilan kechadigan holatlarda ishlatiladi. Kofein
nenarkotik analgetiklar va boshqa vositalar bilan birgalikda (masalan, ―Kofetamin‖,
―ketamine‖, ―Piramin‖, ―Pentalgin‖ va b. tabletkalar tarkibida) migren va boshqa sabab
bilan kelib chiqadigan bosh ogʻrigʻi uchun ishlatiladi.
Kofein kam toksik ta‘sirga ega, ammo katta dozalarda - uyqusizlik va koʻngil aynishini
keltirib chiqarishi mumkin.
Uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlarga kofein buyurilmasligi kerak.
Kofein gipertoniya, ateroskleroz, yurak kasalliklarida, glaukomada taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|