G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Prolongatsiya qilish
 (fransuzcha 
prolongation – uzaytirish
) – shartno-
ma amali muddatini u tuzilayotganida nazarda tutilganidan uzaytirish.
Promulgatsiya qilish
 (lotincha 
promulgatio – ommaga e’lon qilish
) – 
qandaydir davlat hujjati, qonunining u shundan keyin majburiy kuchga ega 
bo‘lishi uchun rasman chop etilishi, e’lon qilinishi.
Referendum
 (lotincha 
referendum – bildirilishi shart bo‘lgan narsa
) – 
barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so‘rovi yoki saylov huquqi; 
davlat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha o‘tkaziladi.


189
Saylovchilar bloki
 (ittifoqi) – davlat boshlig‘i, markaziy va mahalliy 
hokimiyat organlariga saylovlarda birgalikda nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida 
bir necha siyosiy partiyalar bitimi.
Standart
 (inglizcha 
standart
) – norma, mezon, asos.
Suverenitet
 (fransuzcha 
souverainete
) – davlatning o‘z ichki ishlarida 
va tashqi munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la mustaqilligi.
Senzura
 (lotincha 
censura – davlat nazorati
) – hokimiyat tomonidan 
ko‘ngilsiz yoki zararli deb topilgan g‘oyalar va ma’lumotlarning tarqali-
shiga yo‘l qo‘ymaslik yoki cheklab qo‘yish maqsadida bosma mahsulotlar
sahna asarlari va hokazolar mazmun-mundarijasi ustidan davlat nazorati.
Unitar
 (lotincha 
unitas
 – 
birlik, bir butun
) – yagona, birlashgan, bir 
butunni tashkil etuvchi; davlat tuzilishi shakli.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə