1. setup bios dasturini sozlash Windows operatsion tizimini o‘rnatish



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə10/15
tarix03.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
KOMPYUTERNI ISHGA TUSHURUVCHI DASTURLAR...

Drayverni almashtirish. Drayverni almashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterni yangilaganda yoki eskirgan apparat komponentini vazifasi bir xil bo‘lgan, yangi drayverni o‘rnatishni talab qiladigan nisbatan zamonaviy qurilmaga almashtirganda vujudga keladi. Bajariladigan harakatlarning optimal ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:

  1. Yangi qurilma uchun operatsion tizimning standart drayverini o‘rnatish.

  2. Ilgari o‘rnatilgan drayverni o‘chirish. Buni bir necha joyda amalga oshirish kerak. Avval ushbu drayverni Dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Установка и удаление программ) muloqat oynasining dasturlar ro‘yxatida qayd qilinganini tekshirish kerak. Agar qayd qilingan bo‘lsa, uni o‘chirish uchun standart vositalardan foydalanish lozim. Keyingi qadamda kompyuterda o‘rnatilgan qurilmalar ro‘yxatidan bu qurilmaning nomi yo‘qligini tekshirishdan iborat. Agar qurilma nomi bor bo‘lsa, uni sichqoncha yordamida tanlab, O‘chirish (Удалить) tugmasini bosish kerak.

  3. Yangi qurilma uchun yangi drayverni o‘rnatish.

Drayverlarni o‘rnatishning to‘g‘riligini tekshirish. Bunday tekshiruvning eng sodda usuli eksperimentdan iborat. Agar qurilma ravon ishlayotgan bo‘lsa, demak, drayverni o‘rnatish muvaffaqiyatli o‘tgan. Agar qurilma ishlamayotgan yoki noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, uning quyida keltirilgan sabablarini topish kerak:

  1. Tashqi qurilmalarni to‘g‘ri va ishonchli o‘rnatish uchun qurilmalar yoqilgan bo‘lishi kerak. Kompyuter o‘chirilgan tashqi qurilmalarni topa olmaydi, shunga muvofiq talab qilingan drayverni tanlab o‘rnata olmaydi.

  2. Ba’zan o‘rnatishdan voz kechishga yoki operatsion tizim tomonidan avtomatik tarzda topilgan qurilmani o‘rnatishni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda operatsion tizimda tugatilmagan o‘rnatish jarayonining izlari qayd qilingan bo‘ladi, buning natijasida mos keluvchi qurilmaning drayverini to‘laqonlik bilan o‘rnatish va me’yorida ishlashiga halaqit beradi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə