1.Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan?
Etimologiya, ya’ni so’zlarni kelib chiqishi jihatidan bu atama bevosita qandaydir
bitta klassik -
grekcha yoki lotincha ildizga ega emas. U lotincha “status”, ya’ni ahvol, holat degan so’zning
italyancha “state” - davlat degan so’z qiyofasini olishidan kelib chiqadi. Statistika so’zi kundalik
hayotga va ilm-fanga XVIII asrda kirib keldi. Dastlab, savdo va moliya kapitali hamda pul
munosobatlari taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan ehtiyojni qondirish maqsadida to’plangan
mamlakat aholisi, iqtisodiy va siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar statistik axborotlar deb
yuritiladi
2. Statistika mustaqil fan sifatida shakllanishi.
Bu fanning ko’zga ko’rinarli namoyondasi nemis G. Axenval (1719-1772yy)
birinchi
bo’lib statistika so’zini ot sifatida qo’lladi va ilmiy odatga kiritdi. Uning fikricha, statistika bu
davlat uchun alohida ahamiyat kasb etadigan masalalar sharhi, tasviridir.
Ammo hozirgi kunda
statistika atamasini bunday mazmunda talqin etish ko’p jihatlarini yo’qotdi. Kundalik
turmushimizda mamlakat iqtsodiyoti va aholisi haqidagi ma’lumotlar to’plami
statistika deb
yuritilsa ham, ammo u o’tgan asrlardagi “davlatshunoslik” dan tubdan farq qiladi.
3. Ommaviy hodisa va jarayon nima va ular qanday xususiyatga ega?
Ommaviy hodisa - biror obyektlar to’plamida sodir bo’lgan voqyea, harakat natijasi.
Masalan, O’zbekiston barcha dehqon va shirkat xo’jaliklari tomonidan bir yilda yetishtirilgan
paxta hosili, hamma oilalarda tug’ilgan
bolalar soni, yoqqan qor va yomg’ir hajmi, hamma
korxona va avtomobillar tomonidan atmosferaga chiqarilgan gazlar va hokazolar.
Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi
- unda bir qancha obyektlar
ishtirok etib, ular o’xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat.
Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim to’plam obyektlari, elementlari
o’ziga xoslik alomatiga ega bo’lib, mustaqil, erkli tarzda amal qilishidan iborat.
Ommaviy hodisa va jarayonning boshqa yana bir xossasi - uni yuzaga chiqishida ishtirok
etuvchi
to’plam obyektlari, elementlaridan biri haqidagi haqiqiy tafsilotlarni (ko’rsatkichlarni) qolgan
boshqa obyektlar tafsilotlaridan to’la holda yoki umuman aniqlab bo’lmaydi
ommaviy hodisa va jarayonning to’rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum
qonuniyat
yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada namoyon bo’lmas-ligidan iborat.