Aim.Uz
2-sinf, 34-dars
Mavzu: “Harakatli o‘yinlar” (estafeta o‘yinlari)
Mavzu yuzasidan metodik tavsiyalar:
Darsning asosiy maqsadi, gimnastika anjomlaridan samarali foydalanilgan holda estafetali o‘yinlarini tashkil etish. Bu orqali o‘quvchilarga gimnastika anjomlari bilan tanishtirish hamda inson salomatligiga foydali ta`sir ko‘rsatuvchi mashqlarni o‘rgatishdan iborat.
Darsning tayorlov qismida o‘quvchilarni egiluvchanlikka asoslangan umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali tayorlab olinadi.
Asosiy qismda o‘quvchilarni 3-4 guruhlarga bo‘lib, estafetali o‘yinlari o‘rgatiladi. Ushbu estafetali o‘yinlari 5 ta shartdan iborat bo‘lgan holda musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Start chizig‘idan marragacha bo‘lgan masofa 10-15 metr bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |