Naryadlar ish butunlay tamom bo‘lgandan so‘ng 30
kun davomida
saqlanishi kerak, keyin esa yo‘q qilib yuborilishi mumkin.
Farmoyish bir martagina qilinadigan ishga xos bo‘lib, uning ta’sir muddati
bajaruvchilar ish kunining uzunligi bilan belgilanadi.
Farmoyish ishboshiga va ishlashga ijozat
beruvchiga yoki ish joyini
tayyorlashga ruxsat etuvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimga beriladi.
Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunada
ishlashga ijozat berishni
hojati bo‘lmagan hollarda formoyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishboshiga berilishi
mumkin.
Farmoyish bilan olib borishga mo‘ljallangan ish,
naryad beruvchi xodim
ixtiyoriga qarab, naryad bilan bajarilishi mumkin.
Naryad va farmoyish bilan olib borilgan ishni hisobga olib borish tartibi 6-
ilovada keltirilgan.