XXI asr insoniyat tarixida inson bilimining eng yuqori darajaga
ko„tarilishi, uning
aqlu-zakovati, flkrlash qobiliyati, manaviyati va
taffakurining boyib borishi orqali professionallik darajasini
shakllantirib borish lozimligini talab etmoqda. Ammo, qobiliyat,
iste‟dod,
komillik, insondagi intiluvchanlik akmeologiya bilan uzviy
bog„liq. Intiluvchanlik – istak, xohish, mayl, qiziqish, xobbi va
boshqalar o„zini ochiq yoki yashirin holda ko„rsatadi.
Bilim olishga
ehtiyoj insonda ko„payib boradi. Inson miyasi tirik ekan, fikr
yuritishi tabiiydir, zero, «Bilim inson ongi va ruhining oziqasidir»
Yetuklik holati insonda kutilmaganda va birdaniga paydo bo imaydi.
Unga va uning qandayligi uchun insonni barcha o„ychan hayoti
«ishlab beradi», faqat tabiatdan berilgani uchun emas, balki insonni
еtuklik bosqichiga qanday jismoniy mustahkamlik zaxirasi bilan
yaqinlashuvi ko„proq yashab o„tilgan turmush tarzi bilan bog„lliq
bo„ladi.
Insonning akmesiga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy,
ijtimoiy-psixologik vaziyatlar orqali hayot yo„lining
xususiyaatlari ham bog liq bo„ladi, ko„tarilgan еtuklik
bosqichiga ko„p jihatdan uning akmesining miqdor-sifat
ko„rsatkichlari, qanday qilib
dunyoqarashi tashkil
topganligi, umumiy va maxsus intellektining shakllangani,
ahloqli yadrosi tuzilganligi va ijodkorlik qobiliyatlarining
rivoj topganligi bilan belgilanadi. Insonlar noxush
holatlarga qarshi turishlari va ularga qaramasdan o„z
fikrlarini amalga oshirishlari bilan bir-birlaridan
farqlanadilar