2. AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA UNGA RAXBARLIKNI
AMALGA OSHIRISH
2.1. Talabalarning malakaviy amaliyotlari belgilangan muddatda institut
tomonidan, Respublika chorvachilik mahsulotlarini ichlab chiqaruvchilari uyushmasi,
naslchilik inspeksiyasi; “Nasl-xizmat” uyushmasi hamda viloyatlar va tumanlar
qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari, parrandachilik fabrika va fermalari,
chorvachilikga ixtisoslashgan fermer va dexqon xo’jaliklari, asalarichilik,
baliqchilik, qorako’lchilik yushmasi va qorako’lchilik shirkat xo’jaliklari hamda
qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlari bilan tuzgan shartnomalar asosida tashkil
qilinadi.
2.2. Yuridik shaxslar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ta’lim
olayotgan talabalar amaliyotlarini o’tash uchun aynan shu obyektlarga yuboriladi.
2.3. Amaliyotlarni tashkil qilish va uni mavjud talablar asosida samarali
ravishda o’tkazish institut rektori va fakultet dekani zimmasiga yuklanadi.
2.4. Amaliyotlar ikki tomonlama tuzilgan bitimlar asosida xorijiy
mamlakatlarning chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
6
korxonalarida, o’quv muassasalarida va turdosh tashkilotlarda ham o’tilishi
mumkin.
2.5. Amaliyotlarni talab darajasida tashkil qilish maqsadida, institut:
-
yakullanayotgan yilning 1 dekabiridan kechikmagan holda, navbatdagi
yangi kalendar yili uchun amaliyot obyektlari bilan shartnomalar tuzadi;
-
amaliyot boshlanishidan 2 oy oldin talabalarning amaliyotni o’tash
kalendar rejalari borasida, amaliyot o’tiladigan tegishli tashkilotlar bilan kelishib
oladi;
-
amaliyot raxbarlari etib, tajribali professor-o’qituvchilarni tayinlaydi;
-
joylarda amaliyotga raxbarlik qilish, tegishli viloyat va tuman qishloq va
suv xo’jalik boshqarmalari, “Nasl-xizmat” uyushmasi, chorvachilikka ixtisoslashgan
fermer xo’jaliklari xamda qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlari zimasiga
yuklatiladi;
-
fan yutuqlari, ilg’orlar tajribalari, chorvachilik mahsulotlarini ishlab
chiqish va uni qayta ishlashda qo’llaniladigan texnologik jarayonlar xamda
zootexniya sohasidagi yangiliklar va o’zgarishlar borasida maqsadli ma’ruzalar
tashkil qiladi;
-
barcha talabalar va amaliyot tashkil qilinadigan obyektlarni, amaliyotlar
bo’yicha uslubiy dastur bilan ta’minlaydi;
-
obyektlarda amaliyotni tashkil etish tartibi, muddati va mazmuniga rioya
qilinishini xamda amaliyotni samarali ravishda o’tkazilishini nazorat qiladi.
2.6. Institut tomonidan tayinlangan amaliyot raxbarlari:
- talabalarning amaliyotiga zaruriy tayyorgarlikni tashkil etish uchun,
obyektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi va tashkiliy tadbirlarni (amaliyot
o’tkazish tartiblari, texnika havfsizligi qoidalari haqida ko’rsatmalar berish va h.k)
amalga oshiradi;
- kafedralar tomonidan talabalarga berilgan topshiriqlar va ko’zda tutilgan ilmiy
tadqiqot ishlariga raxbarlik qiladi, ularning mehnat va maishiy xizmat sharoitlarining
me’yor darajasida ta’minlanganligini nazorat qiladi;
- talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;
- amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishlarida ishtirok etadi;
- talabalarning amaliyot bo’yicha hisobotini ko’rib chiqadi va ularning ishi
bo’yicha taqriz beradi. Talabalar amaliyot o’tganligi, ularning amaliy tayyorgarligi,
kamchiliklari va amaliyotni takomillashtirish to’g’risida takliflar kiritilgan yozma
hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi.
2.7. Talabalar amaliyotining umumiy raxbarligi viloyat va tumanlar qishloq va
suv xo’jaligi boshqarmalari, parrandachilik fabrikalari bosh zootexniklari va
chorvachilikka iqtisoslashgan fermer xo’jaliklarining raxbarlari xamda qishloq
xo’jalik kasb-hunar kollejlarining tegishli bo’lim boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
2.8. Amaliyot o’tash obyektlari shartnoma majburiyatlariga asosan:
- talabalar amaliyotini uning dasturiga muvofiq tashkil etilishi va o’tkazilishini
ta’minlaydi;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
7
- talabalarni ish joyi bilan ta’minlaydi;
- bo’sh ish joylarini e’tiborga olgan holda, amaliyot o’tayotgan talabalarni
tegishli ish haqi belgilangan lavozimlarga qabul qiladi;
- institut bilan kelishilgan holda oylik va kunlik ish jadvaliga amal qiladi;
-
talabalarga mavjud adabiyotlar, zootexnikaviy xujjatlar va asbob-
uskunalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratib beradi;
-
bosqich ishi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlash va
ularning bajarilishga oid maslaxatlar beradi;
-
hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha kerakli ko’rsatkichlar beradi. Zarur
bo’lgan hollarda talabalarni mehnat xavfsizligiga oid usullarni amalda ko’rsatadi va
bu xaqda kerakli me’yoriy xujjatlarni rasmiylashtiradi;
-
talabalarning mazkur amaliyot obyektida joriy qilingan ichki mehnat
tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
-
ushbu xududda joylashgan boshqa chorvachilik muasassalariga birgalikda
borib, ularning ishlab chiqarish texnologiyalari bilan talabalarni tanishtiradi;
-
talabalarning amaliyot o’tash vaqtida zootexniklar uchun joriy qilingan
shaxsiy ximoya vositalari, oziq-ovqat va boshqa kerakli anjomlar bilan ta’minlaydi;
-
xo’jalikda va kollejda hayot faoliyati xavfsizligi ishining xolati,
mavjud xonalar hamda rasmiy, me’yoriy, o’quv va uslubiy manbalar bilan
tanishtiradi;
-
shartnoma asosida talabalarning yashashi uchun sharoiti qo’lay
yotoqxonalar bilan ta’minlaydi. Zarur bo’lganda turar joylarini ijaraga oladi;
-
ichki mehnat intizomini buzgan talabalarga nisbatan jazo choralari
ko’radi va bu xaqda institut raxbariyatiga xabar beradi;
-
amaliyot davomidagi baxtsiz xodisalar uchun javobgarlikni to’liq o’z
zimmasiga oladi.
2.9. Amaliyot davrida talaba:
-
amaliyotlar bo’yicha ko’zda tutilgan topshiriqlarni to’liq bajarishi;
- amaliyotni o’tash obyektidagi ichki mehnat tartib qoidalariga bo’ysunishi;
- mehnat muxofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya-gigiyenik
qoidalarini o’rganishi va ularga qatiy rioya qilishi;
-
kundalik daftarini yuritishi, zootexniya va pedagogikaga xos maxsus
hujjatlarni yuritishi;
-
qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarining zoti va zotdorligini
aniqlash, kelib chiqishi va mahsulotdorligi bo’yicha baholash, naslchilik ishlarini
yuritish, ozuqa tayyorlash texnologiyasi va oziqlantirish kabi zootexnikaviy
tadbirlarda ishtirok etishi;
-
nazorat sog’im o’tkazish, sutni hisoblash va xo’jalikda dastlabki ishlov
berish, tuxum mahsulotini hisoblash, hayvonlarni so’yishdan oldingi tirik vazni va
so’yim ko’rsatkichlarini hisoblashda qatnashishi;
-
zootveterinariya shaxobchalarini ishlash tartibi bilan tanishish, undagi
barcha tadbirlarda ishtirok etishi;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
8
-
naslchilik xujjatlarni yuritish, keltirilgan urug’ni baholash va undan
sun’iy urug’lantirishda to’g’ri va samarali foydalanishi;
-
kollejda, yo’nalishiga oid fanlardan o’tkaziladigan darslarga qatnashishi
va uni mustaqil xolda o’zi tashkil etishi;
-
o’tkazilgan darsning namunaviy rejasining tahlili va unga oid
tayyorlangan ko’rgazmali o’quv-uslubiy vositalarni taqdim etishi;
- kollejning ikki nafar o’quvchisiga pedagogik tavsifnoma tayyorlashi;
- zamonaviy texnik vositalardan foydalanishni bilishi;
- tarbiyaviy va tematik ish rejalari bilan tanishishi hamda ularni yuritishi;
- to’plangan ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilishi, yozma hisobot berishi
va amaliyot bo’yicha sinov topshirishi shart.
Dostları ilə paylaş: |