|
Bobur nomidagi andijon davlat universitetiO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi byiliq suv
deyilsa, uygurlarda
iliq suv
deyilgan. Uyg’urcha
men berdim
birikmasi o'guz
qipchoqlarda ben berdim tarzida qo'llaniladi. Bundan anglash mumkinki, xunnlar davrida o'g'uz-
qarluq- qipchoq ittifoqi tili bir guruhni tashkil qilib, keyinchalik qarluq va o'guz qipchoq guruhlariga
bo'linib ketgan. Undan so`ng esa o'g'uz va qipchoq guruhiga bo`lgan. Umuman olganda, xunnlar
davrida barcha turkiy tillar bir-biriga yaqtn uzoqligiga qarab, bir necha guruhni tashkil qilgan.
Shuning uchun ham bu tillarda leksik-grammatik jihatdan o`zaro farqlar bor. Ular qadimgi turkiy
tilning shakllanish va taraqqiyotiga zamin tayyorlaganlar.
V-X asrga kelib, turkiy tillar bilan mofg'ul tillari bir-biridan tamomila ajralib ketdi.
Turkiy qabilalar V asrda ancha kuchayib, dzlarining ko'chmanchi turk (tukyu) hoqonligini
550 yilda tuzdi. Bu hokonlikning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, Hindistongacha etib bordi. ffzaro
urushlar arablar istilosi oqibatida turk davlati ikki qismga: 1) Markaziy Yettisuv bo'lgan garbiy
turklarga. 2) Mo'g'uliston bo'lgan sharqiy turklarga ajraladi.
Qadimgi turkiy adabiy tilining yozma yodgorliklari runiy (urxun-enasoy) va uyg'ur yozuvlari
orqali bizgacha etib kelgan.
Qadimgi turk davrida turkiy tillar differentsiatsiya qilindi. d-t tovushli tillar (qadimgi qirg'iz,
qadimgi uyg'ur, o'g'uz)ga s-z tovushli tillar (qarluqqa) va y tovushli tillar (o`guz, qipchoq, qarluq)ga
bo'linadi. Qadimgi turkiy til hozirgi turkiy tillarning shakllanishida asos btildi. Ana shu umumturk
negizi tili xususiyatlari hozirgi barcha til tovushlarining grammatik qurilishi va lug`at boyligidagi
umumiylikda ko'rinadi.
Hozirda mustaqillikka erishgan turkiy davlatlar dunyoning ko`plab mamlakatlari bilan va
birinchi navbatda turkiy ellar bilan bevosita aloqalarni keng yo'lga qo`ya boshladilar. Turkiy
yaqinlik, turkiy mushtaraklik va turkiy birlik hozirgi zamonda umumturkiy tilning ko'hna xossalarini
sinchiklab tadqiq etish va mushtarak jihatlarni ochib berish, ayniqsa muhim.
Dostları ilə paylaş: |
|
|