4
AGENTLIK TO‘G‘RISIDA | ABOUT AGENCY
PREZIDENT TA’LIM
MUASSASALARI
AGENTLIGI TO‘G‘RISIDA
ABOUT THE PRESIDENTIAL
AGENCY OF EDUCATIONAL
INSTITUTIONS
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qaroriga muvofi q
quyidagi maqsadlarni ko‘zlab tashkil etilgan:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar
tarmog‘ini kengaytirish uchun yanada qulay shart-
sharoitlar yaratish;
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
iqtidorli yoshlarni
aniqlash, tanlash, o‘qitish va
tarbiyalash tizimini takomillashtirish borasidagi
faoliyatini yanada kuchaytirish.
MAQSAD
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va
tarbiyalash;
yosh iste’dodlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirish;
darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash
va nashr etishdagi
muammolarni bartaraf qilish
ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish;
umumta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish va
tashkil etishning maxsus tizimini yaratish.
ASOSIY VAZIFALAR
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va
tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab
chiqish va
uni samarali amalga oshirish;
davlat ta’lim standartlariga muvofi q agentlik ta’lim
muassasalari faoliyatini yagona shaklda muvo-
fi qlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga ilg‘or ta’lim shakllari,
pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini
joriy etish;
o‘quvchilarda vatanparvarlik
va Vatanga muhabbat,
bag‘rikenglik tuyg‘ularini, qonunlarga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni
shakllantirish;
ularning ma’naviy, axloqiy,
intellektual va jismoniy
rivojlanishi darajasini yanada oshirish;
xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda
pedagogik kadrlarni tanlash,
tayyorlash, qayta
tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or va shaff of
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish.
Dostları ilə paylaş: