3.4 DNK ni ikkilamchi strukturasi
1950-yilgacha DNK ning tarkibi haqida kam ma’lumot to’plagan va ularning
strukturasi butunlay noma’lum edi. 1953- yilda ikki yosh ingliz olimlari Uotson
va Krik DNK molekulasi qo’sh spiralli tuzilishga ega ekanligini kashf etdilar.
Chunki qo’sh spiral modeli shu vaqtgacha qorong’i bo’lib kelgan biologiyanig eng
muhim muammosi – nasliy belgilarni avloddan – avlodga o’tish mexanizmini
yechib berdi. DNK molekulasining qo’sh spiral shaklda bo’lishi bizga tabiiy va
sodda bo’lib ko’rinsa ham bu g’oyaning tuzilishi DNK haqidagi ma’lum bo’lgan
ma’lumotlar: nukleotidlarning tarkibi haqidagi Chargaf qoidalari, Uilkins va
Franklin tomonidan DNKning rentgen strukturasi analiz yo’li bilan olingan
rentgenogrammalarini sinchiklab o’rganish va DNKning molekulyar modellarini
tadqiq qilishga asoslangn mashaqqatli ishlar yakunidir. Bu ixtiro “Buyuklik-
soddalik” degan eski haqiqatga yaqqol misoldir [3].
Uotson va Krik taklif qilgan DNK qo’sh spiral modeliga binoan DNK
molekulasi 2 ta spiralsimon burilgan juda uzun dezoksiribonukleotid zanjirlardan
iborat. Bu spiralsimon zanjirlar umumiy o’q atrofida to’g’ri o’ralgan bo’ladi.Har
ikkala zanjirning geterohalqali asoslari spiralning ichki qismiga joylashgan bo’lib,
ular vodorod bog’lanishlar yordamida bir spiralning ikkinchi spiral oldida
ushlab turadi Bunda birinchi zanjirning adeninli qoldiqlari ikkinchi zanirning
timinli qoldiqlari bilan bog’langan bo’lsa, birinchi zanjirning guaninli qoldiqlari
boshqasining sitozinli qoldiqlari bilan vodorodli bog’lanishlar orqali bog’langan
bo’ladi. Birinchi zanjirning purinli asoslariga hamma vaqt ikkinchi zanjirning
pirimidinli asoslari mos keladi va aksincha. Pirimidinli va purinli asoslarning
39
aynan shunday juftlashishi DNK qo’sh spirallarining zanjir uzunligi bo’ylab bir
xil diametr (1.8-2 .0 nm) ga ega bo’lishini hamda mustahkamligini ta’minlaydi .
1 - rasm.. A-T va G-S orasida vodorod bog’larining hosil bo’lishi
Dostları ilə paylaş: |