5
I bo‘lim
KONSTITUTSIYA – DAVLATNING ASOSIY QONUNI
Konstitutsiya davlatning qiyofasi va
nufuzini belgilab beradi. Ana shu qonunlar
majmuyi
orqali jahon davlatni davlat, millatni
esa millat sifatida tan oladi. Konstitutsiya –
xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir.
Islom KARIMOV
1-§. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– “konstitutsiyaviy huquq” tushunchasi haqida;
– uning boshqa huquq tarmoq lari bilan o‘zaro bog‘liqligi haqida;
– uning “Huquqshunoslik” tizimida tutgan o‘rni haqida bilib olasiz.
1. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq.
2. Konstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog‘i.
1. KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Siz har qanday mamlakatning asosiy qonuni
konstitutsiya ekanligini
yaxshi bilib oldingiz. Shu munosabat bilan Sizda: “Konstitutsiya” va “kons-
titutsiyaviy huquq” tushunchalari bir-biridan qanday farq qiladi?” – degan
savol tug‘ilishi mumkin.
Har qanday davlatning huquq tizimida ko‘p qonunlar mavjud. Ammo
ular orasida eng asosiysi deb e’tirof etiladigani bu – konstitutsiya.
“Konstitutsiya” lotincha “
constitutio
” so‘zidan olingan bo‘lib, “
belgi-
lash
”, “
tuzi lish
” degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni
Konstitutsiya jamiyat va
davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda
6
ular faoliyatining
asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolarning
asosiy
huquqlari va burch
larini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabat-
larni belgilab beradi.
Qolgan barcha qonunlar,
kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitut siya
negizida va unga muvofi q tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir
me’yoriy hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini ang latadi.
Dostları ilə paylaş: