|
1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari rejaBoshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari
|
səhifə | 2/63 | tarix | 04.06.2022 | ölçüsü | 339,84 Kb. | | #88695 |
| 1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v2.Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari.
Mehnat qiluvchi insonni ongli ravishda ilmiy o‘rganish o‘tgan asrdan
boshlandi. Tashkilot menejmentini o‘rganuvchi olim V.A.Spivak boshqaruv
nazariyalarining rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga ajratgan holda tadqiq etadi:
Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashkil etish maktabi.
Ushbu yo‘nalish asosida amerikalik olim F.U Teylor nomiga qo‘yilgan
«teylorizm» ta‘limoti yotadi va bu sohada olib borilgan AQShdagi izlanishlar
1885-1920 yillarni o‘z ichiga oladi. F.U Teylor o‘sha davrdagi malakasiz
ishchilardan samarali foydalanish maqsadida, murakkab va malaka talab etuvchi
mehnat turini mayda operasiyalarga ajratdi.
Mehnat maxsus operasiyalarga ajratish natijasida, Rensom Olds 1902 yilda
konveyer usulini yaratdi va avtomobil yig‘ish zavodiga tatbiq etdi. Yangi uslub
bo‘yicha ishlab chiqarish natijasida yillik mahsulot 425 donadan 2500 taga
ko‘paydi. Genri Ford esa bu uslubni yanada takomillashtirish orqali, avtomobil
ishlab chiqarishga ketadigan vaqtni 20 martaga kamaytirdi va nafaqat Amerika,
balki keyinchalik butun jahon avtomobil bozorini ishg‘ol qildi.
Ma‟muriy boshqaruv maktabi. Ushbu yondoshuv A. Fayol nomi bilan
bog‘liq bo‘lib, 1920-1950 yillarda bunga oid g‘oyalar boshqaruvda keng miqyosda
tatbiq etila boshlandi. A. Fayol alohida mehnat elementlarini emas, balki
tashkilotni yaxlit tuzilma sifatida qaraydi va tashkilotni rasional boshqarish
tamoyillari, boshqaruv funksiyalari, boshqaruv tizimi kabilarni takomillashtirgan
holda mehnat samaradorligini oshirishga erishdi.
1924 yildan boshlab insoniy munosabatlar maktabi ham rivojlana
boshladi. Bu yondoshuvning asosi va birlamchi manbaalari amerikalik psixolog
Elton Meyoning «Xotorn tajribalari»ga borib taqaladi.
«Western Electric» kompaniyasida o‘tkazilgan tajribalarda, sex ishchilariga
e‘tiborli bo‘lish, ularning manfaatlari haqida g‘amxo‘rlik qilish natijasida mehnat
unumdorligini oshirishga erishilgan. Bunday munosabat ishchilar tomonidan
rag‘batlantiruvchi omil sifatida qabul qilingan va ijobiy munosabatlarni
shakllantirish asosida mehnat unumdorligi oshgan.
|
|
|