1-Mavzu: Diqqаt hаqidа tushunchа
Reja:
1. Diqqat to‘g‘risida umumiy tushuncha
2. Diqqatga oid ilmiy tushunchalar izohi.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni
samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab,
serzah-mat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga
shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi,
sinchkovligi, dilkash-ligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida
xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlari-da ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari
ham uning ishtiro-kida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yori-tishda psixologlar turli
nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga
aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida
idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz
diqqat-ning obyekti bo‘la oladi.
N. F. Dobrinin. N. V. Kuzmina, I. V. Straxov, M. V. Gamezo, F. N. Gonobolin va
boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong
doirasining to-rayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish
vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqin-lashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan
yorqin nuqtasi diqqat-ning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan
idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o‘y va fik-rlar to‘la, yorqin va aniq ifodalanadi.
Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xusu-siyatini
saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir obyektga yo‘nalishining kuchayishi va ma’lum
vaqt davomida diqqat yo‘nalti-rilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib
turadi hamda mazkur holatning saklanishini ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xo-tira, tafakkur, xayol, nutq
kabi alohida psixik jarayon emas. Shu-ning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularking
mahsul-dorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to‘plangan
nuqgasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. De-mak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va
samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday
inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan
yuksak va qimmatli mulohaza-lar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi Kyuvye geniallikni chidam-
li diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni
deyishi, Ushinskiyning diqqat psi-xik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorqin
misol bo‘la oladi.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tan-lovchanlik va
yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab qo‘zg‘atuvchilari,
ta’sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to‘g‘ri-sidagina
mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xusu-siyati bilan bog‘liq ravishda namoyon
bo‘ladi. Diqqat bilish jarayon-lari singari o‘zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega
emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta’-minlaydi. Demak, diqqat
individning hissiy, aqliy yoki harakat-lantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan
tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganli-gidir (YE.' B. Pirogova). Berilgan
ta’rifga binoan, "ushbu yo‘nalti-rilganlik subyektnichg ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va
vazifalariga mos keladigan obyektlarning tanlanganligida, ix-tiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va
ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan obyektlarga to‘planishi, to‘planganligi (konsentra-
siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor
etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko‘ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar,
mulohaza-lar faoliyat yakunlangunga qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ong-da saqlanadi.
Ana shu yo‘sinda diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun
ko‘pgina psixologlar (P. Y. Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish ja-
rayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlaydilar.
Diqqatning.biror obyektga yo‘na-lishiga ko‘ra sensor (perseptiv), akliy (intellektual), harakatlan-
tiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin.
Diqqatning muayyan obyektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy
sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir.
His-tuyg‘ular va emotsional holatlar diqqatning obyekti bilan uzviy bog‘langandagina
uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Histuyg‘ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va
ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak, diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qara-tiladi.
Hislar, lar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo‘raytiradi. Insonning amaliy va
aqliy faoliyati jara-yonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib
borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilik-ni payqash hissi odam aqliy faoliyatini
faollashtiradi (aktiv-lashtiradi), shu bilan birga, diqqatning obyektga uzoqroq to‘plani-shini
ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqat-ning kuchi va ildamligini oshiradi,
tanlovchanligiga ijobiy ta’-sir etadi. Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga sal-biy
ta’sir etib, uningtashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo‘yadi. Ana shuning oqibatida
diqqat chalg‘iydi, bo‘linadi, parishon-lik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi.
Psixologiyada diqqat.ning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta,
bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obyekt-ga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saklab turiladi.
Hatto ixtiyor-siz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘nal-tirilgan obyektda
to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining
maqsadiga in-tilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning
kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi,
shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta’min-lab turishda
odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani mu-him rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni
amalga oshirishning bo-shida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni
talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning na-moyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi
qiyinchiliklarningoqibati bo‘lib hisoblanadi.
Diqqatning obyektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir.
Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta
ahamiyat-ga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi.
Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-hara-katlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan
qiziqishdan iborat-dir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natija-siga
yo‘naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvo-sita qiziqish bilan aloqadordir.
Psixologik ma’lumotlarningtah-liliga ko‘ra, diqqatning obyektga to‘planishi va mustahkamlanishi
ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifati-ning ahamiyatini inson
tomonidan anglash orqali ta’minlab turi-ladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi
diqqati-ning yuksak darajada mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan
biridir.
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o‘zi-ning yo‘nalishiga ko‘ra
tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqat-ning manbai ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi
deb ataladi. Masa-lan, shofer, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo‘la-digan diqqat
tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr
yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan narsasi-ni tasavvur
qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga
keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo‘la oladi. Inson ongining o‘zida sodir bo‘la-yotgan
o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabi-larni kuzatishda ichki diqqat yuzaga
keladi. Diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib
hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir.
Diqqatga oid ilmiy tushunchalar izohi.
1. Dominanta (lot. syuggppapz—hukmronlik qiluvchi) —muayyan nerv uchastkasidagi
kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘a-lish markazi. Domingnta mavjudligida
undan boshqa nerv markazla-ri tormozlangan bo‘ladi. Dominanta markaziy asab tizimiga kelgan
har qanday qo‘zg‘alish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa
boshqa markazlarni tormozlash eva-ziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy to-monidan kiritilgan. Uning
isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi.
Do-minanta diqqatning fiziologik asosidir.
Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish
jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u
boshqa markaz-larda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘a-lishning kelib
chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat.
Nerv tizimi jarayonlarning konsentratsiyasi - markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alish yoki
tormozlanish jarayonlarining vaqt o‘tishi bilan dastlabki paydo bo‘lgan uchastkasiga to‘planish
qonuni.
Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin
bo‘lgan obyektlarning miqdori.
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning on-gli ravishda bir
obyektdan ikkinchi obyektga ko‘chirilishi. Diqqat-ning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda,
ayniqsa pult boshqaruvi-dagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha obyektlarga
qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga
oshirishda alo-hida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish ja-rayonidagi
diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z obyektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol
to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Parishonlik — diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmas-likdan iborat salbiy xususiyat.
Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham
mumkin. Pa-rishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata
olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa
narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mum-
kin.
Kasbga xos diqqat — ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natija-sida shu kasbning talablari
va obyektiv xususiyatlariga mos ravish-da tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha
harakatini boshqaruvchiningdiqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan
olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatningtaqsimlanishini, ikkinchisi
esa markaz-lashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiqirodaviy va asabiy
faollik ko‘rsatgan holda muayyan obyektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda
qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushu-nilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan
(avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomoni-dan
kiritilgan.
Diqqat chalg‘ishi — ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir
obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishi-dan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan
mustaqil obyektlar miqsori bilan belgila-nadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental
sharoitda 2-6 mustaqil obyektga tengdir. Diqqatning obyektlari o‘rtasida qancha-lik yaqin
bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha.
Diqqat obyekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol
to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv
hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu
kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maq-sadsiz ravishda muayyan
obyektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishi-dan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari
narsa va hodi-salarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik - diqqatni obyektga yo‘naltira va to‘play ol-maslik, atrofdagi kishilarga
nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifot-sizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning
ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan
daqiqaga 25-30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish-tebranish chastotasi 2—3
sekundga tengdir.
Ko‘ruv diqqati — narsa va hodisalarni ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish
munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi.
Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat - ongimizning muayyan obyektga ixtiyorsiz ravishda
yo‘naltirilsa-da, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy
diqqat turi; diqqat to‘plangan obyektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy
diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat - ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va
intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat - ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim
belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan diqqat turi.
Retikulyar formatsiya — bosh miya tepa qismidagi (uzunchoq miya, Voroliyev ko‘prigi,
o‘rta miya) nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzi-lishiga ko‘ra, qalin to‘rni eslatadigan o‘simtalarga
egadir. Ko‘zg‘ov-chilar ta’sir ostida turli retseptorlardan bosh miyaga signallar olib boradigan
sezuvchi nervlarning o‘simtalari. R. F. gatutashgan bo‘lib, mavjud singal R. F. ni ham qo‘zgaydi.
R. F. da xos bo‘lgan qo‘zg‘alish, o‘z navbatida, bosh miya qobig‘idagi turli markazlarni
qo‘zg‘aydi. Bosh miyadagi qo‘zg‘alish esa R. F. ning faoliyatini yo kuchaytiradi, susay-tiradi.
Demak, R. F. ning har bir hujayrasi sezgi organidan ko‘p signallar qabul qilib olib, bosh miya va
orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir ko‘rsatib turadi.
Bedor holat — bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv mar-kazlarining qo‘zg‘alishi
bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir
faoliyat turini amalga oshira oladi.
Qo‘zg‘alish markazi - markaziy asab tizimining qo‘zg‘alish ja-rayoni ro‘y bergan
uchastkasi.
Ergograf (yunon. yeg§op) - mushaklarning ishini grafik usul-da ifodalashda
qo‘llaniladigan, ayniqsa, toliqish jarayonini o‘rga-nishda qo‘llaniladigan asbob.
Vigillik (lot. uts»P - hushyor, sinchkov) - ziyraklik; diqqatni yangi obyektlarga, ayniqsa
subyektiv taassurotlarga tez to‘play olish qobiliyati.
Diqqat depressiyasi (lot. skrgezyu - pasayish) - turli tashqi va ichki omillarga ko‘ra
obyektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.
Alfa-ritmasining ekzaltamiyasi (lot. yexagagyu - kuchayish) -bioelektrik potensiallar
amplatudasining kuchayishi; signallarga javob bershida tomirlarning torayishi o‘rniga ularda
kengayish-ning yuz berishi.
Kuch qonuni (I. P. Pavlov) - kuchli qo‘zg‘ovchilar kuchli, kuch-sizlar esa kuchsiz reaksiya
berish holati.
30.
Paradoks
fazasi
-
kuchli
qo‘zg‘atuvchilarga
qaraganda
kuchsiz
qo‘zg‘atuvchilarning
kuchli
reaksiyasining
vujudga
keltirishi
(pato-
logik holatlar nazarda tutiladi).
Oriyentir refleksiningelektrofiziologiksimptomlarining barqarorlashuvi - ixtiyoriy diqqat
buzilganda maqsadga muvofiq topshiriqberish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish hamda
vaziyatga qarab uni o‘zlashtirish orqali insonda oriyentirovka ref-leksini qaytadan tiklashdan
iborat korreksion faoliyat.
Diqqat korreksiyasi (lot. soggespo - tuzatish) - insonda diqqat patologik holatga
(buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslub-lardan foydalanib tuzatish.
Dostları ilə paylaş: |