|
Mavzu: Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi
|
tarix | 13.05.2023 | ölçüsü | 121,68 Kb. | | #110040 |
| Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi slayd Mavzu: Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi REJA. 1.Shaxsalaro munosabatlar mohiyati. 2.Shaxsalaro munosabatlar psixdiagnostikasida qo`llaniladigan metodlar. 3 Shaxsalaro munosabatlarga ta`sir ko`rsatuvchi individual xususiyatlar diagnostikasi. Shaxslararo munosabatlar – bu ob`ektiv tarzda boshdan kechiriladigan, turli darajada anglanadigan insonlar o`rtasidagi o`zaro aloqalardir. - N.N.Obozov fikriga ko`ra “Shaxslararo munosabatlar asosini o`zaro ta`sirga kiruvchi insonlarning emotcional holati va ularning psixologik xususiyatlari tashkil etadi.
Shaxslararo munosabatlarning rivoji jins, yosh, milliy xususiyatlar va boshqa ko`pgina omillar bilan belgilanadi - V.N.Drujinin fikricha, ayollarda muloqot doirasi erkaklarga nisbatan torroq. Shaxslararo muloqotda ular o`zini namoyon qilish, o`zlari haqida boshqalarga informatciya berish ehtiyojini his qiladilar.
- Ayollar uchun shaxslararo munosabatlarda ifodalanuvchi xususiyatlar ahamiyatli bo`lsa,erkaklar uchun ish bilan bog`liq xislatlar muhimroq hisoblanadi.
Guruh va jamoalarda shaxs 2 xil munosabatda bo`ladi: - Ish yuzasidan bo`ladigan munosabatlar.
- Shaxsiy nunosabatlar.
- Ish yuzasidan bo`ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi.
- Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, do`stlik, o`rtoqlik, antipatiya asosida vujudga keladi.
Shaxslararo munosabatlar o`zining dinamikasiga ega: - Tarkib topadi;
- Mustahkamlanadi;
- Muayyan cho`qqiga ko`tariladi;
- Susayadi yoki tugallanadi.
Shaxslararo munosabatlarning 3 darajasi 1. Simpatiya,antipatiya asosida vujudga keluvchi munosabatlar. 2. Ish yoki o`qish yuzasidan bo`ladigan o`zaro munosabatlar. 3. Insoniy munosabatlar yoki chuqur, ishonchga asoslangan o`zaro munosabatlar. Simpatiya (grekcha “sympatheia”-ichki tortish,yoqimlilik) – bu boshqa kishilarga nisbatan barqaror ijobiy munosabat bo`lib, xushmuomalilik, samimiylik kabi muloqotga undovchi xususiyatlarda namoyon bo`ladi va diqqat-e`tiborlilik, yordam ko`rsatishga intilishda(altruism) ifodalanadi. - Kovalev A.G. ta`rificha, simpatiya – insonning boshqa kishiga unchalik ahglanmagan munosabati va moyilligi.
Simpatiya yuzaga kelishining sabablari anglangan yoki kam anglangan bo`lishi mumkin. - Anglangan sabablarga – qarash, g`oya, qadriyatlar,
qiziqishlar, ma`naviy ideallar birligi kiradi. Kam anglangan sabablarga – tashqi jozibadorlik, xarakter xislatlari, xulq- atvor manerasi kiradi. Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalga oshiriladi. - Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning o`zaro ta`siri, ular o`rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridag axborot almashinishdir.
Muloqot – murakkab, ko`p qirrali jarayondir. Uning tuzilishida uchta tomon farqlanadi: - Muloqotning kommunikativ tomoni.
- Muloqotning interaktiv tomoni.
- Muloqotning pertceptiv tomoni.
Kommunikatciya - inglizcha so`z bo`lib, xabar qilish, aytish ma`nosini anglatadi. - Kommunikatciya insonlar o`rtasidagi tasavvur, fikr, his-tuyg`u, kayfiyat almashinuvidan iborat bo`lib, ularning o`zaro ta`siri orqali amalga oshiriladi.
Kommunikator – axborot beruvchi. - Kommunikator – axborot beruvchi.
- Retcipient – axborotni qabul qiluvchi.
- Muloqot jarayonida kommunikator va retcipient navbatma-navbat o`rin almashadilar.
Kommunikatciya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi. - Kommunikatciya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi.
- Verbal kommunikatciya – nutqiy.
- Noverbal kommunikatciya – imo-ishora, mimika, pantomimika, y`ani belgilarning optiko-kinetik tizimi; intonatciya, pauza kabi vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi.
Noverbal kommunikatciya shakllari: 1.Kinestetika – tana, qo`l harakatlari(jestikulyatciya), mimika, pantomimika. 2.Paralingvistika – bu ovoz tembri, diapazoni, tonalligi. 3.Ekstrolingvistika – nutq tempi, pauzalar, tomoq qirish, yig`lash, kulgi va h. 4.Proksemika – muloqotni vaqt va fazoviy jihatdan tashkil etilish sohasi. Muloqotning interaktiv tomoni – bu insonlarning muloqot jarayonida bir-birlariga o`zaro ta`sir etishidir. - Muloqot va birgalikdagi faoliyat ijtimoiy nazorat sharoitlarida amalga oshiriladi.
- Ijtimoiy nazorat esa ijtimoiy normalar – jamiyatda qabul qilingan,kishilarning o`zaro ta`sir va munosabatlarini tartibga soluvchi xulq-atvor namunalari asosida olib boriladi.
Ijtimoiy nazorat mexanizmlari: - Ma`qullamaslik.
- Ayblash.
- Jazolash.
Muloqotning pertceptiv tomoni – bu muloqot jarayonida o`zaro bir-birini tushunish va bir-birini idrok qilish.
O`zaro bir-birini idrok
etish
mexanizmlari
Identefikatciya
Refleksiya
Stereotiplashtirish
Identefikatciya – bu insonning o`zini boshqa Identefikatciya – bu insonning o`zini boshqa insonga,guruhga o`xshatishidir. Refleksiya – bu insonnig muloqotdagi sheriklari uni qanday idrok etishlarini anglash va shunga qarab o`z hatti-harakatini to`g`rilash. Stereotiplashtirish-xulq-atvor shakllarini tasniflash va ularning sabablarini avval ma`lum bo`lgan, y`ani ijtimoiy stereotipga javob beruvchi holatlarga kiritish orqali tahlil qilishdir. Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasida qo`llaniladigan metodlar:
Sotsiometriya
So’rovnomalar
Proyektiv metodikalar
Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida proektiv metodlar
Oila rasmi
Rozentsveyg metodikasi
TAT
Dostları ilə paylaş: |
|
|