|
O'quv dasturi. Mavzu: Bilish jarayonlari Psixodiagnostikasi Bajardi: Ahmedov. J tekshirdi: Atabayeva. N bilish jarayonlari psixodiagnostikasi
|
səhifə | 1/22 | tarix | 17.10.2023 | ölçüsü | 0,82 Mb. | | #127925 |
| Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja
Aim.Uz
Nizomiy Nomidagi Davlat Pedagogika Universiteti
O'quv dasturi.
Mavzu: Bilish jarayonlari Psixodiagnostikasi
Bajardi: Ahmedov.J
Tekshirdi: Atabayeva. N
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi
Reja:
5.1.Diqqat psixodiagnostikasi.
5.2.Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari.
5.3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari.
5.4.Xotira psixodiagnostikasi.
5.5.Xayolni diagnostika qilish metodlari.
Tayanch tushunchalar:
Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o`zlashtirishni ta`minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo`ladi.
Diqqat - ongimizning muayyan ob`ektga yo`naltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holat. D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma`lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob`ektdan ikkinchi ob`ektga
ko`chirish.
Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi.
Xotira - aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo`lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon.
Dostları ilə paylaş: |
|
|