New York (shahar)
AQShdagi
yirik shahar
New York sahri — shunchaki,
New York deb
ataladigan yoki NY koʻrinishida qisqartiriladigan
Amerika Qoʻshma Shtatlarining
eng
katta
sanoat
,
moliya
,
savdo
-
transport
hamda
siyosiy
va
madaniy
markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri.
Atlantika okeani
sohilida, Gudzon
daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manhattan orolida joylashgan.
Iqlimi
moʻtadil, sernam iqlim. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi
doirasida, suv havzalarisiz) 953 km². Aholisi 8,336,817 kishi (
2009
).
New Yorkning
amalda
qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km², aholisi 19 million
kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi
asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15%
qoratanlilar, 14% kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12% puertorikanlar va boshqalardan iborat.
Shaharni mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi.
Mer aholi tomonidan
4 yil muddatga saylanadi. Ilk bor Manhattan oroliga
1613-yilda
gollandlar
kelib oʻrnashgan.
Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664-yilda
Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga New York deb ataganlar.
1785—90-yillarda New York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti.
Shaharda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.
New York — Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan.
Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar
mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari)
chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3 marta koʻp.
Mamlakat
tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi New York orqali oʻtadi. Shaharda fond
birjasi
,
bank
,
sugʻurta
jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta