Central asian journal of education and innovation



Yüklə 45,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü45,29 Kb.
#184123
  1   2   3   4
CAJEI0301



 
Page 5 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 3, March 2023 
www.in-academy.uz 
 BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING BOSHLANISHI 
VA SABABLARI 
Ashuraliyeva Shohista Shavkat qizi 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7697911 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 25- fevral 2023 yil 
Ma’qullandi: 28-fevral 2023 yil 
Nashr qilindi: 03-mart 2023 yil
 
 
Ushbu maqolada buyuk geografik kashfiyotlarning 
boshlanish sabablari, uning mohiyati, yangi yerlarning 
kashf qilinishi, kashf qilingan yerlarni o’rganalishi, 
mustamlakaga aylantirilishi hamda mustamlakachilik 
oqibatlari shuningdek yangi savdo yerlarining paydo 
bo’lishi haqida ma’lumotlar beriladi.
KEY WORDS 
Levant yо‘li, Buyuk ipak yо‘li, 
“Ziravor orollari”, Kristofer 
Kolumb, karavel, Boltiq dengizi, 
Konstantinopol, 
Hindiston, 
“oltin muammosi”, Madeyro,
Kanar, Azar orollari. 
 
Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV -XVII asrlar oralig'ida yevropalik sayohatchilar 
tomonidan qilingan eng muhim geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik 
kashfiyotlar - bu ilgari odamlarga noma'lum bo'lgan yangi yerlarni qidirish va ochish. Mana, 
odamlarni buyuk ishlarga undagan sabablar: Birinchidan, XV oxirida - XVI asr boshlari asrlar 
davomida Yevropada tovar ishlab chiqarish tez sur'atlar bilan o'sa boshladi, bu esa xom-
ashyoga bo'lgan talabning oshishiga olib keldi. Ammo Yevropada xom-ashyo yetarli 
bo'lmagani uchun uni boshqa davlatlardan import qilish zarur bo'ldi.
Ikkinchidan, O'rta Yer dengizi orqali mavjud savdo yo'llari, shuningdek, Osiyoni Yevropa 
bilan bog'laydigan Buyuk Ipak yo'li o'ta xavfli bo'lib qoldi. Bu yo'llar ustidan nazorat Usmonli 
imperiyasiga (Turkiya) o'tdi. Yangi dengiz savdo yo'llarini ochish yevropaliklar oldida turgan 
muammo tarixiy zaruratga aylandi. Bu vaqtgacha mavjud bo'lgan zamonaviy kemalar va 
qurol-yarog’ rejani amalga oshirishga to'liq imkon berdi. Kompas bilan birga navigatsiyada 
qo'llanila boshlangan astrolabe ixtirosi ham katta ahamiyatga ega edi. 
Yevropada savdo XVIII-XV asrlarda ikki yо‘l bilan olib borilardi. Birinchisi, О‘rta Yer 
havzasidagi Ispaniya, Italiya va janubiy Fransiyani – Vizantiya orqali Sharq mamlakatlari 
bilan bog‘lab turadigan Levant yо‘li edi. Ikkinchisi Yevropaning shimoli va Boltiq dengizi 
orqali–Novgorod, Bryugge, London, Lyubek shaharlari yо‘li edi. Sharqdan keladigan
ziravorlar qand, zargarlik, attorlik mollari, sharq matolari, G‘arbiy Yevropadagi kо‘pgina
feodallar sinfining iste’moliga kо‘proq kirib bora boshladi
1
. Janubiy Italiya, janubiy 
Fransiya, janubiy Ispaniyaning shaharlarining savdogarlari Sharq bilan savdo qilish 
1
Кантемирова Р.И. Новая история стран Европы и Америки: Учебно - методические материалы для студентов 
2–3 курсов по специальности «032600 – История». – Стерлитамак: Стерлитамкский гос. пед. ин-т., 2003 



Yüklə 45,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə