tavsiya etiladi. Mavzuni yeritishda rejaga XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli va o‘zaro
munosabatlari, Rossiyaning mustamlakachilik siyosatining o‘rnatilishi sabablari va oqibatlari, olib borgan tadbirlari va
ularga qarshi Turkiston xalqlarining milliy-ozodli harakatining yuzaga kelishi, bosqichlari, xududlari, Qurbonjon dodxoh,
Yoqubbek, 1892 y. Toshkent qo‘zg‘oloni, 1898 y. Andijon qo‘zg‘oloni, jadidlar harakatining yuzaga kelishi, maqsadi,
faoliyati, milliy-ozodlik xarakatida tutgan o‘rni, milliy-ozodlik harakatining natijalari kabi masalalar kiritilishi lozim.
Ammo mavzu keng bo‘lganligi sabablari, mustaqil ishni bajarishda mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ichki
strukturasiga mos bir nechta alohida mavzular shakllantirish tavsiya etiladi. Masalan, “Turkistonda mustamlakachilik
tuzumining o‘rnatilishi va o‘lka halqlarining ma’naviy xaetiga ta’siri”, “Jadidlarning Turkiston halqlarining milliy-
ozodlik kurashida tutgan o‘rni: faoliyati, yutuqlari, muammolari”, “1916 yil qo‘zg‘olonlari” va b.
Taklif etiladigan adabiyotlar:
1. Karimov I. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T., 2000
2. Ziyoev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va xukmronligiga qarshi kurash. T.:”Sharq”, 1998
3. Majid Xasaniy. Turkiston bosqini. T.:”Nur”, 1992
4. Usmanov K., Abdunabiev A. va b. O‘zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. T., 1992
5. Aliev A. Madaniy inqilob va ziyolilar taqdiri. //Muloqot, 1991, № 2.
6. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T.:”Universitet”, 1999
7. Alimova D.A. Djadidizm v Sredney Azii. Puti obnovleniya, reformq, borba za nezavisimost. T.:”O‘zbekiston”, 2000
Mavzuga 6 soat ajratiladi. Reytingida qo‘shimcha tarzda kiritilgan arxiv hujjatlarining tahlili 5 ballik tizimda baholanishi
tasiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: