Mavzu bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarish uchun referat, fotoalbom, slayd-taqdimot, buklet, ma’ruza, ilmiy, o‘quv va
jahon urushining kelib chiqishi sabablarini ochib berish, SSSR tarkibida yashagan barcha xalqlar kabi o‘zbek xalqi ham
birinchi kunlardanoq og‘ir sinovlarga qaramasdan Vatan himoyasiga otlanganligi, frontda va front ortida ko‘rsatgan
fidoyiligi, matonati, insonparvarligi, qaxramonligi kabi masalalarni yorqinna’munalar, faktlar asosida yeritish, bugungi
kunlarda urushda xalok bo‘lgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishda Prezidentimiz I.Karimov boshchiligida
olib borilaetgan tadbirlar, urush veteranlariga ko‘rsatilaetgan hurmat va g‘amxo‘rlik kabi jihatlarni ko‘rsatish tavsiya
etiladi.
Taklif etiladigan adabietlar:
1. Velikaya Otechestvennaya voyna. M., 1965
2. O‘zbekiston Ulug‘ Vatan urushi yillarida T, 1965
3. Jo‘raev T. O‘zbekistonlik Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari T., 1965
4. “Xotira” kitobi.
5. O‘zbekiston tarixi. T., 1967. 4-jild
6. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.T.:”Sharq”, 2000.
Mavzuga 4 soat ajratiladi. Reyting baholashda qo‘shimcha shakllardan - hujjatli tarixiy filmlar taqdimoti va tahlili,
urush qatnashchilari bilan suhbatlashib muloqotda bo‘lish va natijalarini taqdim etish uchun -4-5 ball. Mustaqil ishlarni
qabul qilishda mavzu bo‘yicha tayerlangan eng yaxshi ma’ruzalar asosida, qo‘shimcha slayd-, xarita-taqdimotlar,
fotoalbomlar, bukletlar yerdamida, hujjatli tarixiy filmlar xamroxligida urush qatnashchilarini taklif etgan holda
konferensiya-muloqot darsini tashkillashtirish tavsiya etiladi. Bu yeshlarni vatanparvarlik, insoniylik tuyg‘ularini
rivojlantirishga, mustaqil ta’limni bajarishda faollashishiga, mavzuni chuqurroq o‘rganishiga olib keladi.