1-prinsip. Test topshiriqlari mazmuni sinov maqsadiga mosligi prinsipi. Mazkur prinsip tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash Reyting tizimining nazorat turlarida test topshiriqlarining mazmuni maqsadga muvofiq tanlanishini talab etadi.
Shuni qayd etish kerakki, Reyting tizimining nazorat turlari joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari bir-biridan nafaqat didaktik maqsadi, balki mazmuni va mazmunning yoritilish darajasi bilan farq qilishini nazarda tutish lozim.
Dostları ilə paylaş: |