Chet ellik talabalarni jalb qilish bo‘yicha aniq strategiyamiz bormi? Chet
ellik talabalar uchun yangilangan va zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab
chiqaryapmizmi? Talab qilinadigan jihozlar, professional o‘qituvchilar va
chet ellik professor-
o‘qituvchilarimiz bormi? Qozog‘iston Markaziy
Osiyodagi ta’lim markaziga aylanish niyatida ambitsiyali rejalarga ega
mamlakat bo‘lib, ta’lim vazirligi o‘z maqsadlariga erishish uchun ulkan
sa’y
-harakatlarni amalga oshirmoqda. Biz-chi, chet ellik talabalar uchun
yaqin kelajakda mashhur joyga aylana olamizmi?
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi veb
-saytining
tahlil va
statistik bo‘limini o‘rganib chiqdim, ammo O‘zbekistonda xorijlik
talabalar sonining ko‘lami haqida ma’lumot topa olmadim. Qizig‘i
shundaki, ingliz tilidagi veb-
sahifada ma’lumot o‘zbek tilida taqdim
qilingan. Agar vazirlikning veb-saytida ingliz tilida kerakli
axborot
bo‘lmasa, u qanday qilib ular xalqaro jarayonni kuchaytira oladi?