Qo‘shnilarimizdan Qirg‘iziston YaIMning 5,8 foizini, Qozog‘iston 3,0 foizini, Turkmaniston 3 foizini,
Tojikiston 5,2 foizini, Afg‘oniston 3,1 foizini, shuningdek, Rossiya 4,1 foizini maorifga sarflaydi.
Mamlakatimiz bo‘yicha statistik ma’lumotlar mavjud bo‘lmagani
uchun keltirilgan barcha
ma’lumotlarni BMT Taraqqiyot dasturi hisobotlaridan oldim. Gap muammoga ko‘proq pul yo‘q
qilishda emas. Muammoning yechimi boshqa joyda: munosabatni o‘zgartirish va samaradorlikni
oshirish. Afsuski, buni bundan oldingi hukumatdan kutib bo‘lmas edi; yangi hukumat ishlarni yaxshi
yo‘lga qo‘yadi degan umiddamiz.
RAQAMLI TA’LIM MAYDONI VA YANGI
TEXNOLOGIYALAR
Raqamli platforma va yangi texnologiyalar ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirib yubordi. Hammani bir joyda yig‘ib yoki
harbiylashtirilgan, ya’ni sinf xonalarda barcha talabalarga bir vaqtning o‘zida bir xil bilim beradigan uslub qaytarib bo‘lma
s
darajada eskirib qolganligiga qaramasdan bizda amal qilishda davom etmoqda.
Bugungi kunda har qanday odam har qanday joyda va istalgan vaqtda raqamli dunyo maydonida har qanday ma’lumotni
olishi mumkin. Dunyoda raqamli texnologiyalarning juda kam mablag‘ sarflash evaziga sezilarli darajada arzonroq narxlarga
ega bo‘lgan qiymat birligini yaratish jarayonlari hukmron.
1998-yildan 2008-
yilgacha masofadan o‘qiyotgan talabalar soni 1,5 barobar oshdi. Atigi 5 yil ichida Coursera onlayn
ta’lim platformasi 25 million talabani, 149 ta eng yaxshi hamkor universitetni, 2 mingdan ortiq o‘quv kurslarini qamrab
oldi, Edx tizimida esa 10 milliondan ortiq mijoz, 109 ta hamkor universitet va 1300 dan ortiq kurs mavjud. 2015-yilda
abituriyentlarning 91 foizi ijtimoiy tarmoqlarga ishga joylashish orqali oliy o‘quv yurtlariga kirishdi (2014
-yil
–
59 foiz).
Ba’zi ekspertlar yaqin kelajakda qimmatbaho universitet binolari va hatto diplomlar o‘z ahamiyatini yo‘qotishi haqida
fikr
bildirmoqda, chunki talaba har qanday joyda va har qanday vaqtda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.