I qt I sod I y o t fakult e t I



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#155269
1   2   3   4   5
Ta\'limni iqtisodiy o’sishga ta\'siri

MUAMMO QAYERDA?
2019-
yilgi ishsizlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 9,4 foiz ishsiz bor (2018
-yili 7,2 foiz edi). Biz 
bunday ko‘rsatkich yetarlicha savod yo‘qligidan ekanini tekshirishimiz lozim. Yangitdan tashkil qilingan 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bu raqamlarni kuzatib bormoqda degan umiddamiz.
O‘zbekistonning ta’lim tizimi nega bunda ahvolda? Ushbu savolda jiddiy siyosiy va ijtimoiy nozik tomonlari 
mavjud. Fikrimcha, quyidagi asosiy ildiz sabablarga e’tibor berishimiz lozim:
- Past va saviyasiz boshqaruv funksionalligi;
-
“Islohotchilarning” besamar islohotlari;
-
O‘qituvchilarning bilim va o‘qitish saviyasi pastligi;
-
“Innovativ” ta’lim tizimlariga behuda ketadigan o‘qish vaqti.



Qo‘shnilarimizdan Qirg‘iziston YaIMning 5,8 foizini, Qozog‘iston 3,0 foizini, Turkmaniston 3 foizini, 
Tojikiston 5,2 foizini, Afg‘oniston 3,1 foizini, shuningdek, Rossiya 4,1 foizini maorifga sarflaydi. 
Mamlakatimiz bo‘yicha statistik ma’lumotlar mavjud bo‘lmagani uchun keltirilgan barcha 
ma’lumotlarni BMT Taraqqiyot dasturi hisobotlaridan oldim. Gap muammoga ko‘proq pul yo‘q 
qilishda emas. Muammoning yechimi boshqa joyda: munosabatni o‘zgartirish va samaradorlikni 
oshirish. Afsuski, buni bundan oldingi hukumatdan kutib bo‘lmas edi; yangi hukumat ishlarni yaxshi 
yo‘lga qo‘yadi degan umiddamiz.


RAQAMLI TA’LIM MAYDONI VA YANGI 
TEXNOLOGIYALAR
Raqamli platforma va yangi texnologiyalar ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirib yubordi. Hammani bir joyda yig‘ib yoki 
harbiylashtirilgan, ya’ni sinf xonalarda barcha talabalarga bir vaqtning o‘zida bir xil bilim beradigan uslub qaytarib bo‘lma

darajada eskirib qolganligiga qaramasdan bizda amal qilishda davom etmoqda.
Bugungi kunda har qanday odam har qanday joyda va istalgan vaqtda raqamli dunyo maydonida har qanday ma’lumotni 
olishi mumkin. Dunyoda raqamli texnologiyalarning juda kam mablag‘ sarflash evaziga sezilarli darajada arzonroq narxlarga 
ega bo‘lgan qiymat birligini yaratish jarayonlari hukmron.
1998-yildan 2008-
yilgacha masofadan o‘qiyotgan talabalar soni 1,5 barobar oshdi. Atigi 5 yil ichida Coursera onlayn 
ta’lim platformasi 25 million talabani, 149 ta eng yaxshi hamkor universitetni, 2 mingdan ortiq o‘quv kurslarini qamrab 
oldi, Edx tizimida esa 10 milliondan ortiq mijoz, 109 ta hamkor universitet va 1300 dan ortiq kurs mavjud. 2015-yilda 
abituriyentlarning 91 foizi ijtimoiy tarmoqlarga ishga joylashish orqali oliy o‘quv yurtlariga kirishdi (2014
-yil 

59 foiz). 
Ba’zi ekspertlar yaqin kelajakda qimmatbaho universitet binolari va hatto diplomlar o‘z ahamiyatini yo‘qotishi haqida 
fikr bildirmoqda, chunki talaba har qanday joyda va har qanday vaqtda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə