I qt I sod I y o t fakult e t I



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#155269
  1   2   3   4   5
Ta\'limni iqtisodiy o’sishga ta\'siri



M I RZO UL UG‘B E K NOM I DA GI O‘ZB E K I STON M I L L I Y UNI VE RS I T E T I
I QT I SOD I Y O T FAKULT E T I
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ KA FE DR AS I
I NS ON RE SURSL ARI NI B OS H QA R I S H YO‘NAL I S H I
SIRTQI BO‘LIM 
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ FANI DAN
Bajardi: ______________________________________
Qabul qildi
:____________________________________


MAVZU: TA'LIMNI IQTISODIY 
O’
SISHGA 
TA'SIRI
Reja:

O‘zbekistonning iqtisodiy ravnaqi uchun ta’limning ustuvor o‘rni haqida

O‘zbekistonga malakali kadrlar yetishmaydi

O‘zbekiston oliy ta’limining dunyodagi saviyasi

Muammo qayerda?

Raqamli ta’lim maydoni va yangi texnologiyalar

Oliy ta’limda xalqarolashuv – yangi ish o‘rinlaridir

Oliy ta’lim tizimiga kiritilgan yangiliklarning natijalarini qachon ko‘ramiz?


O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY RAVNAQI UCHUN TA’LIMNING 
USTUVOR O‘RNI 
HAQIDA

“Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman”, —
degandi davlatimiz rahbari 2019-yil 6-iyunda 
Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilgan majlisda.

So‘nggi uch yilda juda katta imkoniyatlar ochilgan bo‘lsa ham, oliy ta’lim tizimi chuqur 
botqoqdaligida qolib kelmoqda. Prezident har bir masalaga markaziy e’tibor berib kelayotganini 
ko‘rib turibmiz va bir kun kelib bu masalani ham ko‘tarishi tabiiy. Lekin shaxsan mamlakat prezidenti 
bu muammolarni o‘rtaga tashlamaguncha nimani kutib turibmiz va nega ularni hal qilmayapmiz?


Biz qo‘shimcha vazifalardan qo‘rqyapmizmi, 
tinchgina o‘tirib, nafaqaga chiqishni 
kutyapmizmi, yoki sovet davridagi kabi 
yuqoridan buyruqlarni kutishda davom 
etyapmizmi? Vazirlikdagi muxassislar u yerga 
kecha kelmagan, ular o‘z kursilarida yillar 
davomida o‘tiribdi, biroq ular o‘zlarini bu 
muammolarga birinchi marta duch 
kelayotganday tutmoqda. Ular ilgari imkoni 
bo‘lmaganini aytib o‘zini himoya qilishi 
mumkin, biroq so‘nggi uch yil mobaynida ular 
ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston ta’lim tizimi inqirozga yuz tutgani 
shubhasizdir. Bu tizim mamlakat va uning 
xalqiga o‘sish va barqaror rivojlanish uchun 
kerak bo‘lgan natijalarni yetkazib bera 
olmayapti. O‘zbekiston ta’lim tizimi har yili 
“o‘yin qoidalarini” o‘zgartirib kelgan, 
kompetensiya va xotirada saqlash orasida 
chuqur bo‘shliq hosil qilgan va yoshlar ongini 
ommaviy mehnatga qo‘pol ravishda 
o‘rgatadigan maktab tizimi yaratgan o‘nlab 
eksperimentlar tomonidan shafqatsizlarcha 
buzilgan.



Hali-
hanuz o‘tmish ta’lim tizimi boshqa bir muqobil tizim bilan almashtirilgani 
yo‘q. Bu tengsizlikka korrupsiya, mahalliy davlat organlarining tez
-tez aralashib 
turishi va noto‘g‘ri boshqaruvni, sifatli xizmat ko‘rsatishga layoqatning yo‘qligi va 
olingan natijalardan tegishlicha foydalana olmaslikni qo‘shing. Xatolarga to‘la va 
professional bo‘lmagan “islohotchilar” tomonidan tuzilgan yangi o‘quv dasturlari 
yoki yangi darsliklar nashr qilingani haqida ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Bu 
kunlarda darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan dunyo andozasiga mos original 
materiallar har qadamda mavjud: kitoblar, gazetalar, jurnallar, videomateriallar. 
Zamonaviy materiallarda chuqur qiziqish uyg‘otish xossasi va keng ko‘lamdagi 
turli-
tumanlik borki, bularni bizning “islohotchilar” nashr qilgan har qanday eng 
mashhur darsliklar majmuasida ham topish amrimahol. O‘qitishda original o‘quv 
materiallarining ahamiyati shubhasiz.


Loy devordan qurilgan nuragan maktablarda ta’lim oladigan bolalar nima qilsin? 
Qashqadaryo viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birida sinfxonalar yetishmasligi 
sababli maktab o‘quvchilari “snos”ga tushgan eski bog‘cha binosida o‘quv yili boshidan beri 
tahsil olmoqda. Maktab o‘quvchilariga deraza va eshiklari yo‘q, ta’mirtalab binoda dars 
o‘tilgan. Yoki qashshoq qishloq hududlarida sinflarda haddan ortiq o‘quvchilar soni bilan
tegishlicha savod olmagan va obyektiv va subyektiv rag‘bati bo‘lmagan o‘qituvchilar va 
jiddiy infrastruktura obyektlaridagi kamchiliklariga rozi bo‘lib yashashga majbur 
odamlarchi? Mahalliy davlat organlari bu holatni o‘zgartirish uchun nima qilishlari mumkin? 
Biz qayta tiklashimiz lozim bo‘lgan ta’lim tizimi bizning eng muhim maqsadimiz deb siyosiy 
qaror qabul qilish qo‘yiladigan birinchi qadam bo‘lishi lozim.
Davlat budjetida shu maqsad uchun ajratilgan milliardlab so‘m bor edi va xozirda xam bor; 
afsuski, bu mablag‘lar to‘g‘ri maqsadlar uchun sarflanmagan. Yaqin o‘tmishda 
mamlakatimizning ta’lim tizimida sodir bo‘lgan va sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar asnosida
bu pullar eng sezilarli o‘zgarish keltiradigan ishga, ya’ni ijobiy natija beradigan ta’lim 
tashabbuslari uchun sarflanishi kerak deb o‘ylayman.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə