I qt I sod I y o t fakult e t I


OLIY TA’LIMDA XALQAROLASHUV –



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#155269
1   2   3   4   5
Ta\'limni iqtisodiy o’sishga ta\'siri

OLIY TA’LIMDA XALQAROLASHUV –
YANGI 
ISH O‘RINLARIDIR
Oliy ta’lim tizimining jozibadorligi xalqarolashuv darajasi bilan isbot qilinadi. So‘nggi 41 yil ichida dunyoda xalqaro 
talabalar soni 8,3 barobar oshdi va ular soni qariyb 5 million kishiga yetdi. YuNESKO bashoratiga ko‘ra, 2025
-yilga borib 
xorijlik talabalar soni 7 millionga yetadi.
2017-
yilda eng ko‘p xorijiy talabalar soni AQShda qayd etildi; AQSh universitetlarida milliondan ortiq chet ellik talabalar 
tahsil oladi va bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha xorijiy talabalar umumiy sonining 24 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 
Buyuk Britaniyada 11 foizni, Xitoyda 10 foizni tashkil etadi.
Qozog‘istonda 15 yil davomida chet ellik talabalar soni 1,7 marta ko‘paydi. Chet ellik talabalarning ko‘pchiligi tibbiyot 
ixtisosligi bo‘yicha, shuningdek, hukumatlararo bitimlar asosida o‘qitiladi.
Xalqarolashuvning sababi global miqyosda iste’dodlar uchun kurash bilan belgilanadi. Yaqin kelajakda dushman davlatini 
harbiy va jismoniy jihatdan yo‘q qilish g‘oyasi o‘z ma’nosini yo‘qotishi haqida ekspertlar fikri mavjud. Raqibni mag‘lub 
qilish uchun uning iqtidorli vakillarini o‘z tomoningizga o‘tkazib olishning o‘zi uni himoyasiz va xavfsiz qiladi. Ehtimol, 
shuning uchun ham dunyoning rivojlangan mamlakatlarining ko‘pchiligi imkon qadar chet ellik talabalarni jalb qilishni 
maqsad qilgan.


Chet ellik talabalarni jalb qilish bo‘yicha aniq strategiyamiz bormi? Chet 
ellik talabalar uchun yangilangan va zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab 
chiqaryapmizmi? Talab qilinadigan jihozlar, professional o‘qituvchilar va 
chet ellik professor-
o‘qituvchilarimiz bormi? Qozog‘iston Markaziy 
Osiyodagi ta’lim markaziga aylanish niyatida ambitsiyali rejalarga ega 
mamlakat bo‘lib, ta’lim vazirligi o‘z maqsadlariga erishish uchun ulkan 
sa’y
-harakatlarni amalga oshirmoqda. Biz-chi, chet ellik talabalar uchun 
yaqin kelajakda mashhur joyga aylana olamizmi?
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi veb
-saytining tahlil va 
statistik bo‘limini o‘rganib chiqdim, ammo O‘zbekistonda xorijlik 
talabalar sonining ko‘lami haqida ma’lumot topa olmadim. Qizig‘i 
shundaki, ingliz tilidagi veb-
sahifada ma’lumot o‘zbek tilida taqdim 
qilingan. Agar vazirlikning veb-saytida ingliz tilida kerakli axborot 
bo‘lmasa, u qanday qilib ular xalqaro jarayonni kuchaytira oladi?



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə