I qt I sod I y o t fakult e t I


O‘ZBEKISTONGA MALAKALI KADRLAR



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#155269
1   2   3   4   5
Ta\'limni iqtisodiy o’sishga ta\'siri

O‘ZBEKISTONGA MALAKALI KADRLAR 
YETISHMAYDI
O‘zbekistonda mingga yaqin xorijlik olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor. Bu haqda Shavkat 
Mirziyoyev 2018-yil 18-
dekabr kuni o‘tkazilgan zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish, bilimli 
yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bayonot bergandi.
Hozirgi tizimli o‘zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, 
malakasi va ko‘nikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bo‘lib qoldi. Xorijda doktorantura va 
magistraturada o‘qitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil qilish bo‘yicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan 
ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj mavjud. 
Mingga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor. Ya’ni, bugun kechiktirib bo‘lmaydigan, oddiy 
ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishdagi 
talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50
–100 baravarga oshadi”, –
deb aytgandi prezident.



Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan mamlakatga qaysi 
soha uchun qanday mutaxassis kerak bo‘ladi, shuni hozirdan chuqur o‘ylash, 
zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalash zarurati haqida xali 
ham ishlar amalga oshirilmagan. Xo‘sh, prezidentning ushbu fikrlarini amalga 
oshirish uchun nahotki vazirlik va rektorlar ikkinchi yig‘ilishni kutib o‘tirishibdi? 
Nahotki “yo‘l xaritasi” ishlab chiqarilmadi?


O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIMINING 
DUNYODAGI SAVIYASI
Jahon universitetlari nufuzini baholash (QS 
World University Rankings) yillik 
universitetlarni nufuziga ko‘ra joylashtirib 
ko‘rsatadigan nashrdir. QS nufuzga ko‘ra 
baholash jahon universitetlari akademik 
nufuzini baholash (Academic Ranking of 
World Universities) hamda Times 
gazetasining jahon oliy ta’lim 
universitetlari tizimiga nufuzli baho berish 
(Times Higher Education World University 
Rankings) bilan bir qatorda dunyoda eng 
ko‘p o‘qiladigan uchta universitetlarni 
baholash tizimlaridan biri hisoblanadi.
Jahonning 1000 universiteti ro‘yxatida 
Qozog‘istonning to‘qqiz universiteti 
kiritilgan, va ularning to‘ttasi hatto eng 
yuqori 500 universitet safiga qo‘shilgan. QS 
nufuzga ko‘ra al
-Forobiy nomidagi Qozoq 
milliy universiteti MDH davlatlari orasida 
Moskva davlat universitetidan keyin 2-
o‘rinda (210) turadi.
Afsuski, bu ro‘yxatda bizning 
universitetlarning birortasi ham kuchli 
1000 talik tugul, kuchli 4000 likka ham 
kiritilmagan. So‘nggi 70 yil davomida 
halokatli ziddiyat va urushdan aziyat 
chekayotgan Falastinning bitta oliygohi 
jahonning eng yaxshi 800 universiteti 
qatorida.


O‘zbekistondagi yetakchi besh universitetdan ikkitasi xalqaro hisoblanadi: Vestminster xalqaro universiteti hamda Toshkentdag
i Inha universiteti. Bu 
holda davlat universitetlari va ularning ma’muriyatiga ajratilgan budjet qayta qo‘rib chiqilishi lozim. 2018
-yil 5-iyunda qabul 
qilingan “Ta’lim haqida” 
qonun prezident O‘zbekistonga ko‘proq chet ellik ekspert
-
olimlarni jalb qilish va xalqaro universitetlarning bo‘limlarini ochishga e’tibor berayotganini 
yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Universitetlarimiz rektorlari bunday natijalarni qanday sharhlay olar ekan? Tinch sharoitda yashayotgan, keng davlat imtiyozlaridan foydalanayotgan 
bo‘lsa
-
da, hali ham bu ro‘yxatga kiritilmaganining sababi nima? Jahon universitetlarining Vebometrik nufuziga ko‘ra bahosida (We
bometrics of World 
Universities) 100 yilligini nishonlaydigan O‘zbekiston milliy universiteti 4755
-
o‘rinda ko‘rsatilgan (bir yil oldin 4721 edi, de
mak, pastga siljibdi); jahonning 
nufuzli 10 000 universiteti orasida O‘zbekistonning atigi to‘rt universiteti bor. Jahonning nufuzli 20 000 universiteti orasi
da 
Qozog‘istonning 90 universiteti 
joy olgan bo‘lsa, O‘zbekistonning atigi 47 universiteti bor. Quyidagi savollarga vazirlik qanday javob berar ekan?
- Hukumat bu universitetlarning barchasiga 
milliardlab so‘mni nima uchun sarflamoqda?
-
O‘quv dasturlarimizning ishonchga 
loyiqligini isbotlay olmasak, xalqaro 
akkreditatsiya muassasalarida ro‘yxatdan o‘ta 
olmasak, chet ellik talabalar nima sababdan 
bizning universitetlarga kelib tahsil olar ekan?
- Qanday qilib universitetlarimizdan olgan 
akademik davomat hujjatlarini o‘z davlatidagi 
universitetlarda tan olinishi ta’minlasin?


- MDH universitetlarining 
bo‘limlaridan tashqari, 
Toshkent shahridan 
tashqarida, mintaqalarda 
nechta xalqaro 
universitetlarning bo‘limlari 
mavjud? Urganch, Termiz, 
Samarqand yoki Qarshida 
birorta bormikan?
- Andijonda Hindistonning 
Sharda universiteti filiali va 
qo‘shma klinikasi, 
Farg‘onada Latviya axborot 
tizimlari menejmenti oliy 
maktabi filiali va Janubiy 
Koreyaning JEI universiteti 
filiali ochiladi degan 
xabarlar chiqqandi, endi 
bularni amaliyotda 
ko‘rishimiz kerak. 
O‘ylanmanki, boshqa 
viloyatlar ham ushbu 
an’anani davom ettiradi.
- Qaysi universitetlarimiz 
o‘z ta’lim dasturlarining 
xalqaro akkreditatsiyadan 
o‘tgani bilan maqtana oladi?
Bizda universitetlar va 
sanoat orasida katta 
bo‘shliq, jar mavjud, va 
universitetlarda olgan 
bilimlari bilan oliy o‘quv 
yurtini yangi bitirganlar 
mehnat bozoriga moslasha 
olmaydilar. Respublikada 
2500 ga yaqin fan doktori 
orasida bor-yo‘g‘i 300 ga 
yaqinida “Xirsh” indeksi 
bor, shulardan 32 nafarida 
bu ko‘rsatkich 5 dan baland 
ekan. Ilmni rivojlantirish 
bo‘yicha mas’ul 
universitetlarimizning ilmiy 
ishlar prorektorlari chop 
etilgan ilmiy nashlarning 
to‘liq matnini qidiradigan 
Google Scholar hisobi 
bormi? Universitetlarning 
ilmiy jurnallari o‘z 
sohasidagi muhim 
indekslarga kirganmi? 
Zamondan orqada qolgan, 
yoshi bir joyga borgan 
joyparast universitet 
amaldorlarini 
davlatimizning ilmiy 
salohiyati zarariga ushlab 
turishda qanday naf bor?



Jahon bankining Jahon rivojlanish ko‘rsatkichlari (World Development Indicators) 
ma’lumotlar bazasida so‘nggi 20 yil ichida kiritilgan ma’lumotlarni o‘rgansa bo‘ladi. U 
yerda jahonda ta’limga sarflangan har bir dollar tufayli YaIMning 20 dollarga o‘sishi 
ko‘rsatilgan. Ushbu oddiy statistik ma’lumot o‘z
-
o‘zidan bitta savolni keltirib chiqaradi: 
takomillashayotgan YaIM yaxshiroq ta’lim tizimiga olib kelmoqdami, yoki YaIMni yaxshi 
ta’lim takomillashtirmoqdami? O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, “1990–
1999-
yillarda YaIM bir qismi sifatida maorifga mablag‘ sarflagan mamlakatlar keyingi o‘n yillikda 
tez rivojlanishga erishgan”. Maorif uchun suv va havoday zarur bo‘lgan mablag‘ davlat 
tomonidan ajratilganiga iymonim komil, ammo bu mablag‘maqsadga yetib bormagan va 
sohada ishlaydigan odamlar tomonidan noto‘g‘ri tasarruf qilingan.

Muammo eng quyi asosga borib taqaladi. Agar ta’lim oluvchilar “o‘rganish uchun o‘qishga” 
layoqatli bo‘lmasa, ularda rivojlanish uchun imkon bo‘lmaydi, kelajakda ular tanlagan har 
qanday ta’lim olish turi “domino toshlariday” qulash ta’siriga uchraydi. Yomon ta’lim tizimi 
ishsizlikni kuchaytiradi, chunki ko‘pdan
-
ko‘p yetarlicha ta’lim olmagan odamlar mehnat 
bozoriga kirib boradi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə