O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
download-edfiles-17902



Aim.uz
JAHON ADABIYOTI FANIDAN 
MA’RUZALAR MATNI
Navoiy - 2014


Aim.uz
Ushbu kitobcha universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti 3-
kurs talabalariga mo`ljallangan bo`lib, "Jahon adabiyoti" fanidan ma'ruza matnlarini o`z
ichiga olgan.
Ma’ruza matnlari A.Alimuhamedovning “Chet el adabiyoti” (Toshkent, 2007-yil),
A.Uzoqov muallifligida chop etilgan “MDH xalqlari adabiyoti” (Toshkent, 2007-yil) da
chop etilgan darslik hamda O.Qayumov va Q.Azizovlarning “Chet el adabiyoti tarixi”
chop etilgan darslik kitoblaridan va O`zROO`MTVning 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli
buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tayyorlandi.
Tuzuvchi:
filologiya fanlari doktori
A.Xolmurodov
Mas`ul muharrir:
filologiya fanlari nomzodi
S.Q.Jumayeva 
Taqrizchilar:
 
dotsent M.Farmonova 
f.f.n. Q.To`xtayeva 
Ushbu ma'ruza matnlari NDPI O`zbek filologiyasi fakulteti O`quv -uslubiy
kengashi (2010-yil 1-sonli majlis) qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.
© Navoiy davlat pedagogika instituti, 2014-yil
2


Aim.uz
Mavzu: Kirish. Markaziy Osiyo va Qozogiston xalqlari adabiyoti
Reja: 
1. MDH xalqlarining adabiyotining maqsad va vazifalari. 
2. Tojik va Turkman adabiyotining yirik vakillari. 
3. Qozoq va Qirg`iz, Qoraqalpoq adabiyotining ko`p qirraliligi. 
Adabiyotlar
:
1. Maxtumquli. Saylanma. T., 2008.
2. A.Rashidov. “Ch.Aytmatovning badiiy olami”. T., 2008.
3. A.Uzoqov. “MDH adabiyoti”. T., 2008. 
4. N.Xisrav. “Safarnoma”. T., 2005.
5. Sa’diy. “Bo`ston”. T., 2009.
Qadimdan Markaziy Osiyo va Qoog`iston tuprog`ida yashab kelayotgan o`zbek,
tojik, turkman, qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq xalqlari adabiyotni o`z ichiga olgan mazkur
guruh iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotidagi umumiylikdan tashqari, jo`g`rofiy
yaxlitlikka ega. Markaziy Osiyo va Qozog`iston xalqlari adabiyotining bir necha
xususiyati bor. Avvalo, mazkur xlqlar katta manbaga ega bo`lgan va keyinchalik yozma
adabiyotning rivojiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir etgan xalq og`zaki ijodiga ega.
Ikkinchidan, o`tmishda va hozir ham nasrdan ko`ra nazm adabiyotda yetakchi
mavqe egallagan. Shu sababdan nazm va nasr o`zaro uyqash bo`lib ketgan.
Uchinchidan, bu adabiyotlar o`rtasidagi o`zaro ta'sir va aloqa ko`p yillik tarixga ega.
Ulug` fors-tojik adabiyoti namoyondalari Abulqosim Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz
Sheroziy, Sa'diylarning ijodi O`rta Osiyo xalqlarining boyligi sanaladi. Yoxud, ulug`
xalqlar adiblari uchun katta ijod maktabidir. Birgina Gulxaniy, Maxmur, Sadriddin ayniy,
Hamza Hakimzoda Niyoziylar fors-tojik va o`zbek tillarida baravar qalam tebratishgan.
Sho`ro hukumati o`z tayziqini o`rnatgach, mazkur xalqlarning azaldan shakllanib
kelgan an'ana va qadriyatlarga ancha putur yetdi. Mazkur xalqlar adabiyotiga realizm
tamoyili va demokratik tendentsiyalar majburlab kiritildi. Aslida sho`roviyy realizm va
insonparvarlik yolg`on, soxta, ko`zbo`yamachilikdan boshqa narsa emasdi. Sho`ro
hukumati bu xalqlar adabiyotiga «shakllangan milliy, mazmunan sotsialistik» tus berdi.
Ayni shu mayoq ostida Hamza, Ayniy, Oybek, Mirzo Tursunzoda, Muxtor Avezov, Sobit
Muqanov, Berdi Kerboboev kabi ijodkorlar «Qullar», «Qutlug` qon», «Alisher Navoiy»,
«Abay yo`li», «Dadil qadam», «Bo`ta ko`z» singari asarlarini yozishdi. Yana bir jihatga
to`xtalish jioz. Ulug` «og`a»larimiz ijodiga hamohang tarzda asarlar yozish an'ana
darajasiga yetdi. Masalan, V.Mayakovskiy zinapoya shaklidagi she'rlariga taqlidan G`afur
G`ulom ham «Turksib yo`llarida» she'rini yozgan edi. Undan keyin Hamid Olimjon shu
yo`nalishda bir necha she'rlar yozgan.
Sho`ro imperiyasi barham topgach, xamdo`stlik mamlakatlari birin-ketin
mustaqillikka erishdi. Ular faqat iqtisodiy-siyosiy jihatdan emas, ma'naviy-ma'rifiy
jihatdan ham mustaqil bo`ldi. O`z-o`zidan adabiyotda ham yangi yo`nalishlar, g`oya va
maslaklar asta-sekin ifodasini topa boshladi.
3


Aim.uz

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə