Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi



Yüklə 11,42 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü11,42 Kb.
#157764
Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi-fayllar.org


Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi

Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi.
Reja
• Lug’at haqida tushuncha
• Ona tili lug’at tarkibi
• Lug’at tarkibidagi so’zlarning kelib chiqishi
• Lug’at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanilishi
Ensiklopedik lugʻat soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi
• Soʻzni tavsiflashdagi bir qancha farqli xususiyatlariga koʻra, Lug’atlarni asosan 2 turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik), lugʻatlarga ajratish mumkin.
Lingvistik Lug’atlarning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
O’zbek tili o’tmishida qardosh bo’lmagan juda ko’p tillar bilan o’zaro alokada bo’ldi va bu tillardan o’zbek tiliga ma‘lum miqdorda so’zlar o’zlashdi. Bu jarayonda o’zbek tiliga ayniqsa fors -, tojik, arab va rus bugungi kunda ingliz tillari barakali ta‘sir etadi:
• O’zbek tili o’tmishida qardosh bo’lmagan juda ko’p tillar bilan o’zaro alokada bo’ldi va bu tillardan o’zbek tiliga ma‘lum miqdorda so’zlar o’zlashdi. Bu jarayonda o’zbek tiliga ayniqsa fors -, tojik, arab va rus bugungi kunda ingliz tillari barakali ta‘sir etadi:
• Tojikcha so’zlar: Osmon, oftob, baxor, shirin, agar, balki, jona-jon....
• Arabcha so’zlar: kitob, maktab, paxta, xalq., maorif, nutq., savol kabi.
• Ruscha - baynalminal so’zlar: traktor, kino, televizor, radio, akatsiya...
• So’z o’zlashtirish asosan ikki xil; usul bilan amalga oshadi: a) so’z aynan olinadi: mashinka, avtobus, b) kalkalab olinadi. Kalkalab o’zlashtirishda so’zning o’zi emas, balki uning manosi uzlashtiriladi: qatnashchi - uchastnik, darslik - uchebnik.
• Tulik kalka - veteran - faxriy, pensiya — nafaka, pensioner - nafakaxur.
• Yarim kalka - sportchi - sportsmen, sinfdosh - odnoklasnik.
O’z qatlam. O’z qatlamga o’zbek tilining o’ziniki bo’lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy so’zlar kiradi. O’zbek tili lug’at so¬stavida turkiy tillar uchun umumiy (bo’lgan so’zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so’zlar deyarli barcha so’z turkumida bor: otlar: tosh, tog, yer, bosh, sonlar: bir, ikki, uch, to’rt - olmoshllr: men, sen, u. O’zbek tilining bevosita uziniki bo’lgan asosiy leksik kismini shu tilning taraqqiyotida. prokessida uning ichki imkoniyatlari, o’ziga xos qonun - qoidalari asosida xosil etilgan yasama so’zlar tashkil eta¬di. Bunda uch xolat kuzatiladi.
• 1. Asli uzbekcha suzlardan shu tilga oid qushimchalar yordamida yasalgan so’zlar: qatnashchi, terimchi, ogmachi, q.otishma.
• 2. Boshqa tillardan o’tgan yasovchi vositalar yordamida o’z va o’zlashma so’zlardan hosil qilingan so’zlar: tilshunos, madadkor, mexnatkash, ga-zetxon, ilmiy.
• 3. O’zlashma so’zlardan o’zbek tili vositalari yordamida xosil qiligan so’zlar: a) tojikcha so’zlardan yasalgan so’zlar: jangchi, mardlik, sabza votchilik, pulsiz; b) arabcha so’zlardan yasalgan so’zlar: raxbarlik, qimmatli, nomusli; v) ruscha - baynalmilal so’zlardan yasalgan so’zlar: sportchi, shofyorlik, betonlik
1. Kundalik turmushda ishlatiladigan hamma uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlar:
• 1. Kundalik turmushda ishlatiladigan hamma uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlar:
• 1) oziq-ovqatga doir narsalarning nomlari: yog‘ , guruch, mosh, loviya, piyoz, kartoshka, sabzi, polov, arpa, bug‘ doy, un, shakar, non;
• 2) narsa-buyum, qurol nomlari: bolta, tesha, randa, arra, kosa, tovoq, taroq, daftar, ruchka, kitob, qalam, mashina, samolyot, poezd, elak, chakich, belkurak, ketmon, qamchi, pichoq;
• 3) tabiiy borliqqa oid nomlar: quyosh, er, oy, yulduz, osmon, chaqmoq, zilzila, shamol, qor, yomg‘ir, bulut, tuman, o‘t, suv, daryo, tog‘ , tosh, daraxt, kecha, kunduz, tun, yorug‘lik, oy, yil;
• 4) tirik mavjudot va ularning tana a’zolari nomlari: kishi, odam, er, xotin, chol, kampir, qari, yosh, dehqon, bog‘ bon, shifokor, o‘qituvchi, do‘st, dushman, mehnatkash, qush, hayvon, buzoq, mol, sigir, ot, mushuk, ilon, toshbaqa, chivin, qo‘l, oyoq, bosh, tish jigar, qorin, ichak, kurak, burun, lab, ko‘z;
• 5) qarindoshlikka oid nomlar: ota, ona, buva, buvi, momo, amaki, amma, xolla, tog‘a, aka, opa, singil, uka, o‘g‘il, qiz;
• 6) jamiyatga oid nomlar: vatan, mamlakat, yurt, xalq, armiya, davlat, tuzum, jamiyat, tashkilot, hokimiyat, sud, prokrotura;
• 7) harakat bildiruvchi so‘zlar: yurmoq, turmoq, o‘tirmoq, yotmoq, uxlamoq, uyg‘ onmoq, yuvmoq, bormoq, kelmoq, kulmoq, yig‘lamoq, gapirmoq, o‘smoq;
• 8) miqdor bildiruvchi so‘zlar: bir, ikki, uch, to‘rtinchi, oltinchi, o‘ninchi, ming, o‘n ming, ko‘p, oz, picha, sal;
• 9) olmoshlar: men, sen, biz, siz, u, ular, ana, manna shu, o‘sha, ana shu, kim, nima, qaysi, qachon, qaer, hamma, barcha;
Hozirgi o’zbek tilining lug’at tarkibi (leksik boyligi) o’zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan xodisasidir. Undagi so’zlarning paydo bo’lish davri va kelib chiqish manbai xam xar-xildir. Umuman, xar qanday til o’z lug’at tarkibi va grammatik ko’rulishiga ega bo’ladi. Lekin xalqlar o’rtasidagi uzoq, tarixiy davrlar maboynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga xam, shubhasiz, o’z ta‘sirini ko’rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshka elementlar ikkinchi bir tilga o’tib, o’zlashib ketadi. Bunday o’zaro ta‘sir etish ayniqsa leksikada kuchli bo’ladi. O’zbek xalqi xam o’z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo’lgan va bu xalqlarning tili o’zbek tiliga m‘lum darajada o’z ta‘sirini qoldirgan xususan, boshqa tillardan o’zbek tiliga quplab o’zlar o’zlashganini shu ta‘sir bilan izoxlash mumkin. Natijada o’zbek tili lugat tarkibi dashu tilning o’ziga xos leksik qatlam bilan irga o’zlashga leksik qatlam ham yuzaga kelgan.
Ensiklopedik lug’atlar (UEL). Ma‘lumki, UEL alfavit tartibida bo’lib, ularda so’zlar emas, balki shu so’zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo’lgan narsalar, tarixiy voqealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma‘lumot beriladi va lug’at maqolalari lug’atdagi tavsif lug’at maqolasi deyiladi lug’at yozilgan tilni tushunuvchi keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan bo’ladi. «O’zbekiston milliy entseklopediyasi» ana shunday lug’atlardan biridir. Unda shunday deyiladi: O’zME (O’zbekiston Milliy entseklopediyasi) universal enseklopediya bo’lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma‘lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir.
Maxsus entseklopedik lug’atlar (MEL). Fan-texnika, san‘at va madaniyatning ma‘lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo’ljallab tavsiflaydi. Bunday lug’atlar sifatida soha entsiklopedik lug’atlari - «Meditsina entsiklopediyasi», «Fizicheskiy entsiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovar» kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
LUGʻAT — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob.
LUGʻAT — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob.
Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtirada; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi.
Tilimizning boyishi va takomillashuvida tashqi manba, ya’ni o‘zlashma so‘zlar ham muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda o‘zbek tili leksik tarkibining taxminan yarmini arab, fors-tojik, yunon, lotin, rus, ingliz fransuz va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil qiladi.
• Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida til lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring kabi so‘zlar ham mazkur Lug‘atda o‘z o‘rnini topdi.
• O‘zlashma so‘zlarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek tilida urg‘u turg‘un bo‘lib, u asosan so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi.
http://fayllar.org
Yüklə 11,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə