Mantiq bilish nazariyasi tadqiqot obyekti



Yüklə 81,21 Kb.
səhifə1/9
tarix25.12.2023
ölçüsü81,21 Kb.
#161585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
MANTIQ BILISH NAZARIYASI


MANTIQ BILISH NAZARIYASI TADQIQOT OBYEKTI


Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimidan biri boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz, sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan xarakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼiko shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼiko etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obyektiv dunyoning subyektiv intiqosi. U sezgi aʼzolari orqali borliq hodisalari, buyumlarning xususiyat va sifatlarini bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aqlan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada qilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, „odam“ tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.
Bunday usul bilan mavjud bilimlarga tayanib, yangi bilimlar hosil qilinadi. XIX asr va XX asr boshida bilish toʻgʻrisidagi taʼlimotda empirizm, empiriokrititsizm, idealizm, illyuzionizm, pozitivizm, pragmatizm, realizm, sensualizm, skeptitsizm kabi koʻpdankoʻp yoʻnalishlar paydo boʻldi
Inson umumiy madaniyatining ajralmas bo‘laklaridan biri – bu tafakkur madaniyati, fikrlarning to‘g‘ri, aniq-ravshan, izchil va asosli bo‘lishi va ular bir-biriga zid bo‘lmasligi. Aks xolda fikrimizdan mantiq (logika) yo‘qoladi. Kundalik turmushda o‘z fikrini aniq bayon eta olmay, chalkashliklarga yo‘l qo‘yadigan, hozirgina o‘zi aytgan fikrni dam o‘tmay inkor etadigan kishilarni tez-tez uchraydi. Mantiq (logika)” termini yunonchadan tarjimada “fikr”, “so‘z”, “qonun” ma’nosini beradi. Bu termin keng va tor (xususiy) ma’nolarda u olamdagi qonuniy, zaruriy bog‘lanish va aloqalar, tartib va izchillikni, shuningdek, tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy fikrlanishi, turli fikrlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlar keng ma’noni ifodalaydi. Tor, xususiy ma’noda esa “mantiq asoslari” deganda fikrning strukturasini, tuzilishini, uning konkret shakllarini, chin (to‘g‘ri) bilimga erishishning shart-sharoitlari va qonun-qoidalarini o‘rganuvchi maxsus falsafiy fan tushuniladi.
Falsafa kursidan bizga ma’lumki, ob’ektiv olamni bilish – xissiy bilishdir. Ya’ni sezgi, idrok va tasavvurdan boshlanadi. Biroq, xissiy bilish bizga narsa va xodisalarning tashqi tomonlari, zoxiriy bog‘lanishlari to‘g‘risida ma’lumot berish bilan cheklanib, ularning ichki, botiniy bog‘lanish va rivojlanish qonunlarini ochib bera olmaydi. Bu vazifani tafakkur ado etadi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavxumlashtirib (abstraktlashtirib), muayyan mantiqiy shakllarda – tushuncha, xukm va xulosalar shaklida aks ettirib beradi.
Mantiq asoslari fanining vazifalari uning predmetidan kelib chiqib, u inson tafakkurining “charxlanishi” ga ko‘maklashadi, uning izchil, ziddiyatlardan xoli va e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi. Mantiq asoslarini puxta o‘zlashtirish kishida o‘z tafakkuri va o‘zgalar tafakkuriga talabchan bo‘lish, tanqidiy qarash xissini shakllantiradi, bu esa g‘oyat katta amaliy va ilmiy-nazariy axamiyat kasb etadi. Bir so‘z bilan aytganda, mantiq asoslari fani kishida abstrakt tafakkurni rivojlantiradi, unda umumiy tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko‘rish ko‘nikmalarini xosil qiladi.
Har bir fan kabi mantiq ilmi ham o‘zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid dastlabki an’analar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Ularning shakllanishiga notiqlik san’ati, matematika ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuni aytish kerakki, Qadimgi dunyoda Aristotelgacha bo‘lgan davrda mantiq falsafa tarkibida mavjud bo‘lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan.Qadimgi Hindistonda mantiq ilmining rivojlanishi uch davrni o‘z ichiga oladi: 1) ilk budda mantig‘i (er. av. VI-V asrlari); 2) nyaya, vaysheshika maktablarining mantiqiy ta’limoti (er. III-V asrlari); 3) budda mantig‘ining rivojlangan davri (er. VI-VIII asrlari).
Hind mantiqshunoslari bahs - munozarada nima isbotlanayapti va qanday isbotlanayapti, degan masalani ajratib ko‘rsatishgan. Ular isbotlashning elementlarini (tezis, asos, misol, birxillik, har xillik, bevosita hissiy qabullash, xulosa, avtoritet va shu kabilarni) batafsil tahlil etganlar. Ular
tezis (tepalikda olov bor);
asos (tepalikdan tutun chiqayapti);
misol (qaerda tutun bo‘lsa, sha yerda olov bor);
shu holatga nisbatan qo‘llash (bu tepalikda tutun bor);
xulosa (demak, tepalikda olov bor) mantik shakllarini bilgan.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan ta’limotlar, Qadimgi Gresiyada mantiq ilmining shakllanishi va rivojlanishi bu ilmning bilimlar tizimidan mustahkam o‘rin egallashida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, deb xulosa chiqarishimizga asos bo‘ladi. Qadimgi Gresiyada shakllangan mantiq ilmi o‘rta asrlarda yangi mazmun bilan boyitildi. Bu, ayniqsa, mantiqning Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarida, xususan, o‘rta Osiyoda rivojlanishida yaqqol ko‘rinadi.
VI-XIII asrlarga kelib, Yaqin va o‘rta Sharqda Arab xalifaligi vujudga keldi, uning xukmron dunyoqarashi bo‘lgan Islom dini qaror topdi. Tarixda «musulmon madaniyati» nomi bilan ma’lum bo‘lgan madaniyat shakllandi. Bu yangi madaniyatning shakllanishiga o‘rta Osiyo halqlarining iste’dodli vakillari muhim hissa qo‘shdilar. Bu davrda diniy va dunyoviy ilmlar qatori mantiq ilmi ham rivojlandi. IX-XI asrlarda Sharq mamlakatlarida, xususan o‘rta Osiyoda falsafiy va mantiqiy ta’limotlarning rivojlanishiga qadimgi yunon, xind mutafakkirlari asarlarining ko‘plab tarjima qilinishi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, IX-XI asrlar Yaqin va o‘rta Sharqda mantiqiy ta’limotlarning rivojlanishidagi eng samarali davr hisoblanadi. Bu davrda mantiq ilmini o‘rganishga bo‘lgan talabning oshishi, birinchidan, tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi va tabiiy-ilmiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi bilan; ikkinchidan, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni to‘g‘ri, adolatli hal qilishga intilishning ortishi bilan va, uchinchidan, eng muhimi, to‘g‘ri fikr yuritishga bo‘lgan talabning, chin fikrlarni xato fikrlardan ajratish zaruriyati bilan izohlanadi.
IX-XI asrlarda mantiq masalalari bilan astoydil shug‘ullangan o‘rta Osiyo mutafakkirilaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiylarni ko‘rsatish mumkin. Bu mutafakkirlarning mantiqqa bag‘ishlab yozgan asarlari asosan to‘qqiz nomdan iborat ekanligini va ularning nomlanishi, ketma-ketligi bir xil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab shuki, Aristotelning «Organoni» ni tashkil etuvchi oltita mantiqiy traktatlariga («Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Topika», «Sofistik raddiya») suriyaliklar uning «Ritorika»si bilan «Poetika»sini qo‘shdilar. Bundan avvalroq esa unga Porfiriyning «Isog‘uvchi» asari qo‘shilgan edi. Shunday qilib «Organon» to‘qqiz traktatdan iborat bo‘lgan yaxlit ta’limot sifatida arab faylasuflari tomonidan qabul qilingan. Shu asosga ko‘ra Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylar mantiqga oid ta’limotlarini aynan shu tartibda ishlab chiqdilar.
Mantiq masalalarini keng va izchil tadqiq etgan mutafakkir al-Forobiy (873-950) dir. U Sirdaryo bo‘yidagi o‘tror shahar qal’asida, turkiy harbiy oilada dunyoga keldi. Buxoro va Samarqand shaharlarida bilim oldi. U qadimgi grek, hind falsafasini chuqur o‘rgandi, ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq turli hajmdagi risolalar yozib qoldirdi, umrining so‘nggi yillarini Damashqda o‘tkazdi. Forobiyda mantiqiy bilimlar sistemasi «Isog‘uvchi» (Kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Xukm), «Qiyos» (Sillogizm, Birinchi Analitika), «Burxon», (Isbotlash, «Ikkinchi Analitika»), Jadal (Dialektika), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika) asarlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Forobiy «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida», «Shartli xukmlar», «Sillogizm» kabi asarlarida mantiq masalalarini ishlab chiqdi. «Ilmlar tasnifi» asarida ham mantiq ilmining predmeti, tuzilishi, ilmlar sistemasida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritadi.
Forobiyning mantiq sohasidagi ishlarining davomchilaridan yana biri, turli ilm sohalariga oid qator asarlar yaratgan, o‘z davrining dunyoga mashhur qomusiy olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) dir. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar muallifi, ulardan 150 dan ortig‘i falsafa va mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Bular orasida falsafa va mantiq fanining barcha masalalarini izchil ravishda o‘z ichiga olgan asari - «Kitob-ash-shifo» dir. «Kitob-ash-shifo» ning mantiqga oid qismi 9 bo‘lakdan iborat bo‘lib, ularning nomlanishi va tartibi Forobiyniki kabidir. Mutafakkirning bu asari mantiq sohasidagi barcha ilmlar asosida vujudga kelgan bo‘lib, unda mantiqqa oid masalalar to‘liq qamrab olingan.
Aristotelning mantiqiy ta’limoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiqqa oid asarlari orqali, ya’ni Sharq orqali Yevropaga kirib keldi. O‘rta asr Yevropasida mantiq masalalari asosan umumiy va yakka tushunchalarning o‘zaro munosabati doirasida o‘rganilgan.
Yangi davrda Yevropada fanning, ayniqsa tabiatshunoslikning rivojlanishi ilmiy metod (uslub) masalalariga e’tiborni kuchaytirdi. Bu davrning buyuk mutafakkirlari R.Dekart, F.Bekon, T.Gobbs, Leybnis va boshqalar mantiq ilmining turli yo‘nalishlarining yaratilishiga asos soldilar. XVIII-XIX asrlarda esa nemis falsafasi, xususan uning yorqin vakillari bo‘lgan I. Kant (1724-1804) va V.F. Gegel (1770-1831) yaratgan mantiqiy sistemalar muhim o‘rin tutadi. Nemis mantiqshunosligidagi faoliyatni esa XIX-asrning o‘rtalari - XX-asrning boshlarida Bul, A.M. De-Morgan, Ch.Pirs, G.Frege va boshqa taniqli olimlar amalda davom ettirdi va fanga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Yüklə 81,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə