Mantiq bilish nazariyasi tadqiqot obyekti



Yüklə 81,21 Kb.
səhifə2/9
tarix25.12.2023
ölçüsü81,21 Kb.
#161585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MANTIQ BILISH NAZARIYASI

Formal mantiqning asosiy qonunlari.Olamdagi narsa va hodisalar harakati o‘ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni ham o‘ziga xos ob’ektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi. Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini e’tiborga olgan holda o‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari fikrlashga xos muhim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (xukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi. Tafakkur qonunlari yuzaki qaraganda sub’ektiv qonunlardek bo‘lib tuyulsa ham, aslini olganda, ob’ektiv mazmunga egadir.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan muhim xislatlardan biri fikrning aniq bo‘lishidir. Ma’lumki, ob’ektiv voqelikdagi har bir buyum, hodisa o‘ziga xos belgi va xususiyatlarga ega. Bu belgi va xususiyatlar buyum va hodisalarni bir-biridan farqlashga, ularning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, buyum va hodisalarning inson tafakkurida aniq aks etishini, har bir fikr, mulohazaning aniq, ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Fikrning noaniqligi fikrdagi mantiqning sayozlashuviga, mantiqsizlikka olib keladi. Masalan, ob’ektiv va sub’ektiv sabab tushunchalarining mohiyatini aniqlab olmasdan birorta hodisaning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida aniq fikr yuritib bo‘lmaydi. Shu sababdan fikrdagi aniqlik to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikdagi buyum va hodisaning joylashishi, o‘zaro munosabati va bog‘lanishida muayyan tartib, izchillik, ketma-ketlik mavjuddir. Buyum va hodisalarning bu xususiyatlari fikrlash jarayonining izchil amalga oshishida o‘z ifodasini topgan. Tafakkurga xos bo‘lgan izchillik belgisi har bir fikrning muayyan tartibda o‘zaro bog‘langan holda bayon etilishini talab qiladi. Fikrdagi izchillikning buzilishi, fikr ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi va bunday fikrni tushunib olish qiyinlashadi. Masalan, birorta faylasuf - mutafakkirning umumfalsafiy qarashlarini o‘rganmasdan turib, uning ijtimoiy yoki ahloqiy ta’limotining mohiyatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi.
Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi. Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi. Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya’ni mulohazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘ida o‘ziga xos ko‘rinishda ifodalanadi:
Nozidlik qonuni. Inson tafakkuri aniq, ravshan bo‘libgina qolmasdan, ziddiyatsiz bo‘lishi ham zarur. Zidiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo‘lgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma’lumki, ob’ektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bo‘lishi, ham ega bo‘lmasligi mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo‘lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bo‘lmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo‘lishini ta’minlaydi. Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emasligini, xech bo‘lmaganda ulardan biri albatta xato bo‘lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bo‘la olmaydi» formulasi orqali beriladi. Mulohazalar mantig‘ida bu qonun quyidagi formula orqali yoziladi: x (r (x) (x)), ya’ni har qanday r (x) mulohaza uchun r (x) va uning inkori birgalikda chin bo‘lmasligi to‘g‘ridir.
Uchinchisi istisno qonuni.Uchinchi istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo‘lib, fikrning to‘liq mazmunini qamrab olib bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A V yoki V emasdir» formulasi orqali beriladi. Mulohazalar mantig‘ida bu quyidagi formula orqali ifodalanadi: rv . Bu formula quyidagicha o‘qiladi. r yoki r emas. Uchinchisi istisno qonuni tushunchalar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar tushunchaning to‘liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bo‘lsa, unda uchinchisi istisno qonuni amal qilmaydi.
Bu mulohazalardan, birining xatoligidan ikkinchisining chinligi haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Bunday holatda «Ba’zi faylasuflar notiqdir» degan uchinchi bir mulohaza chin hisoblanadi.
Yetarli asos qonuni. To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo‘lmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi. Inson tafakkuriga xos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnis ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Yetarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».
Yetarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko‘rib o‘tilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos deb, berilgan mulohazaning o‘zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.



Yüklə 81,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə