Mantiq bilish nazariyasi tadqiqot obyekti


Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir. Axloq



Yüklə 81,21 Kb.
səhifə6/9
tarix25.12.2023
ölçüsü81,21 Kb.
#161585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MANTIQ BILISH NAZARIYASI

Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir.
Axloq deb jamiyatda kishilar o‘z xulq-atvorlarida, munosabatlarida amal qiladigan prinsiplar, normalar va qoidalar majmuiga aytiladi.
Axloq – ijtimoiy hodisa, ijtimoiy ong, jamiyat ustqurmasi, ma’naviy madaniyatining maxsus shakli. U doimo ijtimoiy borliq, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Shu bilan birga, axloq o‘z rivojlanishida nisbiy mustaqillik xarakteriga ham ega bo‘ladi.
Axloqning tarkibini quyidagi qismlar tashkil etadi:
1. Axloqiy ong - vojiblik (luzumiylik), ezgulik, adolat haqidagi g‘oyalar, tasavvurlar, qarashlar, nazriyalar majmui.
Axloqiy ong ijtimoiy borliqni, axloqiy munosabatlarni aks ettiradi.
Axloqiy ongning tarkibini quyidagi shakllari tashkil etadi: axloqiy normalar, axloqiy an’analar, xulqlar, axloqiy odatlar, axloqiy marosimlar, axloqiy his-tuyg‘ular, axloqiy e’tiqodlar, axloqiy sifatlar, axloqiy qarashlar, axloqiy ideallar, axloqiy hukmlar.
2. Axloqiy munosabatlar – axloqiy norma va prinsiplar asosida kishilar o‘rtasida amal qiladigan aloqalar.
3. Axloqiy praktika (amaliyot) – axloq normalarining hayotda bevosita amalga oshirilishi, bajarilishi.
Axloqning jamiyatda, inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati uning funksiyalarida o‘z ifodasini topadi:
Regulyativ funksiya – eng asosiy funksiya bo‘lib, jamiyat a’zolari xulq-atvorlarini moslashtirish, boshqarishdan iborat.
Baholash funksiyasi – axloq normalari va etika kategoriyalari orqali xulq-atvorlar to‘g‘risida hukm chiqarish (yaxshi-yomon, axloqli-axloqsiz, adolatli-adolatsiz, vijdonli-vijdonsiz va h.k.).
Bilish funksiyasi – axloq ijtimoiy ong shakli sifatida ijtimoiy hodisalar, munosabatlar, kishilar xulq-atvorlarini bilib olishning muhim vositasi hisoblanadi.
Tarbiyaviy funksiya – axloq inson xulq-atvorlari, irodasi va dunyoqarashini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Axloqning mohiyati va vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjuddir.
Diniy-teologik nazariya (Platon, F.Akvinskiy, Avgustin, neotomizm) vakillari axloqni g‘ayritabiiy g‘oya, ilohiy ruh, xudo bilan bog‘lab qo‘yadi, uni xudo yaratgan deydi.
Sub’ektiv idealistik nazariya (Kant, Max, Yum, neopozitivizm) axloqni shaxs ongi, aql-irodasi mahsuli deb qarab, uning ob’ektiv asoslari va ijtimoiy mohiyatini inkor etadi.
Biologik nazariya (Ch.Darvin, Sh.Leturno, K.Kautskiy) axloqning ijtimoiy mohiyati va ob’ektiv asoslarini inkor etib, uning oliy rivojlangan hayvonlar instinktidan iborat qilib qo‘yadi.
Axloqning mohiyati va taraqqiyot qonunlarini ilmiy-materialistik etika to‘g‘ri tushuntirib bera oladi. Bu ta’limotga ko‘ra, axloq ijtimoiy hayotda, jamiyatda, insoniy munosabatlar doirasida vujudga kelgan va mavjud bo‘ladi. U ijtimoiy-tarixiy praktika, mehnat, ijtimoiy munosabatlar taqozosi ostida vujudga kelgan va taraqqiy etib bergan. Turli jamiyatlarda axloqning turli tarixiy shakllari mavjud bo‘lgan. Axloq taraqqiyotining bu tarixiy shakllari turli ijtimoiy-tarixiy davrlar, konkret jamiyatlar hayoti, ulardagi ijtimoiy guruhlar, sinflarga xos manfaatlar, munosabatlarni ifodalagan, ular uchun xizmat qilgan. Shuningdek, axloq normalari va prinsiplari barcha jamiyatlar, ijtimoiy guruhlar, umuman insoniyat uchun qadrli, qimmatli bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlar, g‘oyalarni ham o‘z ichiga olib, rivojlantirib kelgan. Shu asosda axloqiy progress sodir bo‘lgan. Uning ob’ektiv mezoni bo‘lib shaxsning axloqiy yetukligi, uning erkin, ongli va ijtimoiy faol hatti-harakatlari hisoblanadi. Jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda axloqiy progress ham murakkablashib, boyib boradi.
Axloq falsafasining hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqda alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Bu muammolardan biri, eng muhimi, sayyoramizda etosfera - axloqiy muhit davrini yaratish bilan bog‘liq.
Etika axloq haqidagi bir butun ilmiy nazariya bo‘lib, u o‘z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etadi, faqat axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini, funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish-turishini axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Etika qadim zamonlardan boshlab falsafaning tarkibiy qismi, hattoki uning yadrosi hisoblanardi. Filosoflar dunyoqarash muammolari (Bizni o‘rab olgan olamning o‘zi nima? Odamning shu olamdagi o‘rni qanday, odam dunyoni bila olishi mumkinmi, bilishning yo‘llari qanday va h.k.)ga javob berish jarayonida jamiyatda odam qanday yashamog‘i va faoliyati qanday bo‘lmog‘i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat, insoniy turmush kechirishning normalari qanday bo‘lishi kerak va boshqa shu kabi savollarga ham javob topishga, ya’ni inson borlig‘ining eng muhim masalalarini hal qilishga uringanlar.



Yüklə 81,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə