Mavzu: Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari. O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo’lishi



Yüklə 13,16 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü13,16 Kb.
#181497
  1   2   3
1MUSTAQIL ISH


Termiz davlat pegogika instituti


Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 403-guruh talabasi
Yuldasheva Zulayhoning Boshlang’ich ta’limda bolalar adabiyoti fanidan tayyorlagan

Mavzu:Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari . O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo
bo’lishi.
O’zbek bolalar adabiyoti haqidagi fan XX asr boshlarida ilg`or marifatparvarlar pedagoglar, adabiyotshunoslar yozgan maqolalardan yuzaga kela boshlagan esa-da, XX asrning o`rtalariga kelib dastlabki xrestomatiyalar va o`quv qo`llamalarni tuzish harakati tufayli shakllanish jarayoniga kira bordi. Pedagogika bilim yurtlari talabalariga mo`ljallanib 1953-yilda I.Ahmedov A.Suyumovlar tomonidan ilk bor tartib berilib, 1967-1978-yillarda qayta takomillashtirib nashr ettirilgan «Bolalar adabiyoti» xrestomatiyasi va 1957-yilda elon qilingan «Bolalar adabiyoti» o`quv materiallari qo`llanmasi shu harakatning dastlabki natijalar edi. Keyinchalik A.Suyumov tomonidan maxsus o`rta o`quv yurtlari uchun yozilib, 1973-yilda chop etilgan «Bolalar adabiyoti» qo`llanmasi o`zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo`lidagi dastlabki qadam bo`ldi. Bu qo`llanma M.Jumaboev bilan hamkorlikda qayta ishlanib, 1995-yilda yana nashr etildi.
Bu oraliqda pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalariga mo`ljallanib P.Shermuhamedov, J.Tursunov, O.Safarov va X.Egamovlar yaratgan «O`zbek bolalar adabiyoti» darslik-xrestomatiyasi (1976) yuzaga keldi. Unda bolalar adabiyotining nazariy asoslari, taraqqiyot bosqichlari, xususiyatlari va navqiron avlod adabiyoti namoyondalari ijodiy biografiyalariga oid materiallar bilan birga eng sara asarlaridan namunalar berilgan edi. Shu xususiyatga ko`ra o`zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratishga ta`sir ko`rsatdi. Nihoyat O`zR FAsi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi «Bolalar adabiyoti» bo`limi (1969-1989-yil) xodimlari joylardagi bolalar adabiyoti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda «O`zbek sovet bolalar adabiyoti tarixi ocherki» (1973), «Bolalar adabiyoti va zamonaviylik» (1981), «O`zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon» (1989) singari uch manografiyani yaratib, o`zbek bolalar adabiyotining ilmiy tarixini bunyod etish yo`lida dastlabki qadam qo`yildi. Shunga qaramay, o`zbek bolalar adabiyoti nazariy asoslari, taraqqiyot tamoyillari va bolalar kutobxonligining ijtimoiy mohiyatini o`zaro uyg`unlikda ifodalagan va estetik tahlil etgan ilmiy tarix hanuzgacha yaratilgani yo`q. Hukmingizga havola qilingan ushbu qo`llanma shu vazifani qisman ado etishga mo`ljallangan.

Yüklə 13,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə