Mavzu: Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari. O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo’lishi


Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi



Yüklə 13,16 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü13,16 Kb.
#181497
1   2   3
1MUSTAQIL ISH

Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Bolalar adabiyoti umumbadiiy adabiyotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o`zaro qator mushtarakliklarga va farqli xususiyatlarga ega. Ular o`rtasidagi mushtarak xususiyatlar tubandagilardan iborat:
1. Bolalar adabiyoti ham, umuman badiiy adabiyot singari so`z san`ati hisoblanadi. So`z uning uchun ham asosiy material bo`lib, voqelikni obrazli ifodalash vositasidir. Binobarin, bolalar uchun g`oyaviy-badiiy barkamol asarlar yozadigan ijodkorlar ham so`z san`atkori sanaladilar. Ular ham umumadabiyotni yaratuvchi yozuvchilar bilan teng nufuzga egadirlar. Qolaversa, bolalar adabiyoti bilan kattalar adabiyoti o`zaro taqdirdosh ham. bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyot ish ko`radigan xalqchilik haqqoniylik va yuksak badiiylik umda (prinsip)lariga tayanadi.
Bolalar adabiyotining xalqchilligi shundaki, u avvalo, xalqning asrlar davomida yaratgan eng ilg`or qarashlari va hayotiy tajribalari ruhida farzandlarini tarbiyalashni ko`zlaydi. Xalq hamma zamonlarda mehnatkashlikni, halollikni, rostgo`ylikni, to`g`rilikni, Vatanni sevishni, kattani hurmat qilib kichikka shafqatli bo`lishni sharaflab kelgan, ishyoqmaslik, tekinxo`rlik, subutsizlik, yolg`onchilik, o`g`rilik, shafqatsizlik, toshbag`irlik, xoinlik, g`iybatkashlik kabi insoniylikni tahqirlovchi xislatlarni qoralagan. Bolalar adabiyoti xalqni o`z kelajagi bo`lgan yosh avlodga ana shu sohadagi dono aqidalar va ijodiy an`analarini singdirishda xizmat qilmog`i darkor.
Bu-olijanob maqsad. Uni amalga oshirish yuksak burch va mas`uliyatni talab qiladi. Binobarin, bolalar uchun yoziladigan asarlar ham yuksak badiyatga ega bo`lmog`i shart. Ularda hayot haqqoniyko`rsatilmog`i, insoniylikni, mehnatni sharaflovchi, bolalarda kelajakda kim bo`lmoqlarini belgilab olishlarida ko`maklashuvchi g`oyaviy-badiiy barkamollik ufurib turmog`i zarur. Xom-xatala, hayotni bo`yab-bezab bayramdagiday tantanavor qilib ko`rsatuvchi bitiklar bolalar ma`naviy olamiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Realizm-bolalar adabiyotining ham asosiy ijodiy metodi sanaladi. Biroq bolalar uchun yoziladigan asarlarda voqelikning haqqoniy va aniq ifodasi goho romantika, goho fantastik bo`yoqqa sug`orilgan holda aks etishi mumki.Bu asarning qiziqarliligini, emocionaligini kuchaytiradi va o`qimishligini ta`minlaydi. Umuman, bolalar adabiyoti realizmida umuminsoniylikni qadrlash, ijtimoiy adolatni, ezgulikni sharaflash ruhi ustivor bo`ladi.
3. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyotda mavjud barcha
Yüklə 13,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə