Aim.uz
Qurilmish edi bu bino olti qat,
Hama ust-ust erdi, qatma-qat.
Qandillar oltin osilmish edi,
Ipakdan gilamlar solinmish edi.
To`yga tashrif buyurganlar juft-juft bo`lib kelishgan. Ayollari nozik, ulardan
xushbo`y hid
taraladi, tanlari xuddi to`lin oydek, bellari ingichka.
Turar anda minglarcha hur qizlari,
Bo`yinga taqishgan asl durlari.
Ko`ringay libos ostidan tanlari,
Etar yuz qadamdan alar hidlari.
Bosh uzra solmish mush'abid to`ri,
Etak gulga to`lmish, beli kokili.
Beli qil kabi ko`p ingichka edi,
So`z shakkaru, lablari bol edi.
Bir qaraganda tasvirda hech qanday mutanosiblik yo`q. Ammo shoir o`z maqsadini
parda ichiga o`rab, «Kosa tagida nim kosa» qabilida ifodalaydi, ya'ni o`sha
vaqtda
Peterburg ayollari o`zlariga zeb berib, oppoq, badannamo kiyimlar kiyishganini bir
muncha tanqid qiladi. Chunki shoir ma'naviyati uchun badanni ko`rsatish, yarim
yalang`och yurish nomaqbul sanalgan.
Ahmad Donishning «Rusiyaga qilingan yana bir safar haqida» asari haqqoniylik real
tasvirlash jihatidan alohida tahlilga loyiq. Voqea muallif tilidan bayon qilinadi.
Tasvirlanishicha, Amirning xos elchilari Said Abdulfattoh to`ra Abdulqosimbey bilan birga
Ahmad Buxorodan Rusiyaga yo`l oladi. U yerda qabul qilingan qoidaga binoan elchilarga
shaharning diqqatga sazovor joylari, zavod va fabrikalar, maktab va kutubxonalar, xazina
va qo`riqxonalar ko`rsatiladi. Shoirning eng avvalo diqqatini tortgan joy har bir shahardagi
bazmxona-kechki kafelardir. Xuddi oldingi asarida tanqid qilinganidek bazmxonalardagi
holatlar real tasvirlanadi:
«Rusiyadagi har bir shaharda bazmxona bo`lib, ularda har kech soat 12 gacha turli
o`yinlar bo`lib turadi. Nag`ma-navolar qilgan, raqsi samoga tushgan parichehra xotinlar
sochlari sunbuldek sochilib, bzlari qizil guldek
ochilgan sarv qomat qizlar
tomoshabinlarning ko`zlariga jilva berib, ko`ngillariga rohat yetkazib, majlisni
qizdiradilar. Bulardan tashqari bu bazmxonalarda turli xil sho`'bada nayrang o`yinlari
(illyuziya) ham o`tkaziladi. O`yinxonalariga hohlagan kishilar kirib, o`z hollariga yarasha
belgilangan joylarda o`tiradilar. O`yin tarqaganda tomoshabinlar o`tirgan o`rinlariga qarab
haqini to`lab chiqadilar».
Tasvirlar davomida shoir turli jabha mutaxassislariga o`xshab fikr yuritadi. Muzeyni
tasvirlaganda etnograf, uyning ichki va tashqi ko`rinishlarini
tavsif etganda arxitektor,
musiqa va qo`shiqlarni tasvirlaganda musiqashunos, ayollarning kiyimlari to`g`risidagi
fikrlar ifodasida modeler-dizayn, sahna ko`rinishlari tahlilida teatrshunos, shahar
rastalarining o`ziga xosligini tahlil etishda yuqori maqeli muhandis sifatida gavdalanadi. U
biron-bir detalni esdan chiqarmaydi, mayda-chuydasigacha chizib beradi. Ayniqsa ayollar
kiyimlari to`g`risidagi fikrlarga nazar solsak:
«Bu mamlakat xotinlarining liboslari bellarigacha tor bo`lib, beldan pasti esa
kengdir. Etaklari shunday kengki, uning kengligidan o`zlari uyga kirsalar, etaklari hali
dahlizda qolur edi.. beliga ipakdan to`qilgan belbog`lar bog`langan bo`lib, undan yangi
oyga o`xshash ikki shohcha chiqarilgan. Belbog`ni qattiqroq tortib bog`lasalar, u
17
Aim.uz
shohchalar bel atrofidagi ipak kiyimlarni ko`targanligidan ko`pirma bo`lib ko`rinadi.
Uning ustidan qizil, qora, ko`k to`rlarni boshlariga, yelkalariga yopadilar. Yana boshlariga
yangi uzilgan guldek
bir dasta yasama gul qilib, uni qosh chetlaridan kelishtirib
bog`laydilar. Xurmu donasi uzunligida bo`lgan gavhar ko`zli oltin sirg`a taqadilar:
qorong`u kechalarda uning shu'lasi tushib, yarqirab yonib turadi. Mahbubalarning quloq
uchlari nihoyatda tiniq bo`lganligidan, undagi qonning qizilligi va uning harakati sirtidan
ko`rinib turar edi. Shunday zeb-ziynatli nozaninlar o`rinlaridan turganlarida aql dimog`
tokchasidan uchib chiqishiga intiladi. Ajabo, bu qanday nafis va ulug` qudratki, inson
tog`ining bulog`idan chiqqan bir qatra paoid suvdan bunday ajoyib gullar bu qora tuproq
ustida ochilmishdir!»
Xlas, Ahmad Donish o`z davrining ma'rifatparvari sifatida odamlarni ilm olish va
dunyoning siru-sinoatini anglashga undaydi. Shu barobarida o`z yurtining istiqloli uchun
ilm olish, o`zini o`stirishi kerak degan fikrda qat'iy turadi. Bu g`oya o`sha vaqtdagi barcha
ma'rifatparvarlarga xos edi.
Dostları ilə paylaş: