O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
download-edfiles-17902

QIRG`IZ ADABIYOTI
Tyan –shan vodiysi va tog`larida joylashgan qirg`iz o`lkasi bir tomondan
Qozog`iston, O`zbekiston, Tojikiston, ikkinchi tomondan Xitoy xalq Respublikasi bilan
chegaradosh. Qirg`izlar haqidagi eng qadimgi yozma adabiyotlar miloddan ilgari XII asrga
oid manbalarda uchraydi. O`tmishda asosan chorvachilik bilan shug`ullangan bu xalq VIII
asrda arablar VII asrda qoraxitoylar, XVI asrda mug`ul, XVIII asrda rus-bosqinchilarining
azob-uqubatlarini tortgan. Qirg`izlarning ota-bobolari qadimdan O`rta Osiyo, Tyan-shan,
yettisuda yashagan xunn, sak va skif qabilalari bilan yaqin aloqada bo`lib, ularning
madaniyati, dini va urf-odati ta'sirida uni kechirishgan. «Buyuk ipak yo`li» qirg`iz
xalqining madaniyati, ilm-fanini bir pog`ona ko`tardi. Sekin-asta savdo-sotiq bahonasida
fors va Yunon madaniyatining eng sara jihatlari o`zlashtirib olindi. Qirg`iz xalq og`zaki
ijodidi «Ko`rman yek», «Ertobildi», «Ertushtuk», «Jonil Mirzo» kabi qahramonlar orasida
«manas» ning o`ziga xos o`rni bor. Doston qirg`iz xalqining ko`p asrlik hayoti va
bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashini she'riy usulda aks ettiruvchi asardir.
Dostonning hajmi besh yuz ming baytni tashkil etadi. «manas» da qirg`iz xalqining urug`-
aymoqchilik munosabatlari afsona, ertak, ashula va qo`shiqlar asnosida yorqin
tasvirlangan.
«Manas» dostoni uch qismdan iborat. Birinchi qismda xalq qahramoni Manas,
ikkinchi qismida Manasning o`g`li Semetey, uchinchi qismda Manasning nabirasi
Seytekning hayoti, sarguzashti, qahramonliklari tasvirlangan.
«Manas» eposining syujeti murakkab. U juda ko`p dostonlarni o`z ichiga oladi.
Ularda do`stlik, vatanparvarlik va qahramonlik g`oyalari olg`a surilgan. Manasning qalsoq
28


Aim.uz
xoni yuborgan Alvasti Kojart alp, Kuchku, Joloy kabi pahlavonlar ustidan g`alaba
qozonishi, Farg`ona vodiysida Bobodehqon bilan uchrashib, undan dehqonchilikni
o`rganishi, turli o`lkalardan kelgan Adjiboy, Chumak, Sergak va Almambet kabi bahodirlar
bilan do`stlashuvi, nihoyat, xalqni afg`on va qalmoq xonlari zulmidan qutqazib qolishi
kitobxon ko`z o`ngida ajoyib inson, xalq qahramoni vaa vafodor do`st sifatida
gavdalantiradi.
«Manas» ning Semetey va Seytek hayotiga bag`ishlangan qismlarida ikki avlod
qahramonlarining janglaridan ko`ra ularning oilaviy hayoti voqealari batafsil tasvirlangan.
Qirg`iz folklorida «Manas» eposini kuylovchi ijrochilar alohida e'tiborda bo`lgan. Ammo
bizgacha yetib kelgan dostonning variantlari har xil mazmun va badiiylikka ega. Masalan,
mashhur manaschi Sayoqboy Qaralaev og`zidan yozib olingan variatda Manas va uning
safdoshlari ko`proq xalq va vatan uchun xizmat qiladigan qahramon tsifatida talqin etilsa,
Sag`inboy O`razbekov ijrosidagi varianti manasni ko`proq xon qo`shinlarini bosib oluvchi
sarkarda siymosida ko`ramiz. Yana bir jihatni esdan chiqarmaslik kerakki, turli tarixiy
davrlarda hukmron doiralar «manas» eposidan o`z manfaatlari uchun foydalanishgan.
XIX asr o`rtalarida xalq oqinligi qirg`iz adabiyotining rivojiga sezilarli darajada
ta'sir ko`rsatadi. Ayniqsa, To`g`aloq Mo`ldaning ijodi fikrimiz isboti bo`la oladi. U avval
qirg`iz manapi (boyi), keyin rus kulagi qo`lida martalaik qildi. qiyinchilik, azob-uqubatga
qaramay u qozoq klassigi Abay va tatar shoiri Abdulla To`qayning asarlari mutolaasi
ta'sirida oqin darajasiga ko`tarildi. Dastlabki davrlarda u ertak-masal syujetlari ta'sirilda
«Jonboqti», «Kemchentoy», «Eshak va bulbul» masal va hajviy dostonlarni yaratdi.
To`g`aloq Mo`lda mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni sezgirlik biln kuzatib,
uni mojaziy obrazlarga ko`chiradi.
Qirg`iz xalq oqini To`xtagul Sotilg`anovning hayoti darbadarlikda kechgan. Shu
bois u hayotni o`zicha talqin qiladi. Uning fikricha, mehnat insonga quvonch bag`ishlaydi,
do`stlik ob-havoday zarur, sevgi hayot bulog`i. Xaq oqini o`zining otashin chiqishlari bilan
rus bosqinchilarini noqulay ahvolga solib qo`ydi. 1898 yilda To`xtagulni Andijon
qo`zg`olonida qatnashgan deb Sibirga surgun qilishdi. yetti yillik surgun mashaqqatlarini
ko`rgan oqin chuqur ijtimoiy mazmundagi asarlar yoza boshladi. “Besh qobon” she'rida u
“qobon” nomi bilan tanilgan beshta amaldorni tanqid qiladi:
Etim-esir, holsizni,
Savalading, besh to`ng`iz.
Odam o`rnida yo`qsulni,
Sanamading, besh to`ng`iz.
Eb-ichishdan boshqani, 
Tan olmading, besh to`ng`iz.
Jahling chiqsa, quturib,
Uy –joyimni talarsiz.
Qonxo`rliging avj olsa,
O`ldirib, qonim yalarsiz.
Tirnog`i zahar besh qobon,
Yalinmayman hech qachon.
Mayli, o`ldir, dunyoga,
Qaytib kelmas chiqsa jon.
29


Aim.uz
Surgundan qaytgach siyosiy xarakterdagi «Alvido xalqim», «Xayr ona»,
«Surgunda», «Tog` burguti», «Salom, mehribon xalqim», «Sog`inish», «Uch xo`ja»,
«Mungli qushcha» asarlari dunyo yuzini ko`rdi.
20-30-yillarda u yoki bu darajada qirg`iz adabiyotiga K.Bayalinov, M.Takaboev,
K.Jontoshev, T.Sidiqboyev, A.Osmonov, T.Umetaliyev, J.Turusbekov, M.Eliboyev,
S.Shimeyev, N.Boytemirov, K.Akeyev, S.Eraliyev, I.Uzoqboyev, K.Malikov, S.Jusuyev, R.
Shukurbekovlar adabiyot takomiliga ayricha ta'sir ko`rsatishdi.
Zamonaviy qirg`iz adabiyotining asoschisi so`zsiz- Chingiz Aytmatov. Uning «Oq
yomg`ir», «Raqiblar», «Qizil olma», «Jamila», «Birinchi muallim», «Sarvqomat
dilbarim», «Bo`tako`z», «Yuzma-yuz», “Samon yo`li”, «Baydamtol sohillarida» asarlari
o`zbek kitobxonlari tomonidan sevib mutoalaa qilinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə