O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
download-edfiles-17902

BERDI KERBOBOEV (1894)
Turkman adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. Berdi Kerboboev Tjei
tumaniga qarashli Revkizarom qishlog`ida mehnatkash oilasida tug`ilgan. Dastlabki
tahsilni madrasada olgan Berdi keyinchalik yangi usuldagi maktabda savodxonligini
mustahkamladi. Sho`ro davrida u «Qizlar dunyosi» (1927), «Odatning qurboni» (1930),
«Amudaryo» (1937), «Aylar» (1943), «Turkmaniston» (1948) she'riy to`plamlarini, 1940-
1947-yillarda «Dadil qadam» tarixiy romani, 1949-yilda «Oysulton» povestini, 1941-
1945-yillar orasida «Maxtumquli», «Vatan o`g`li», «Qurbondurdi», «Abadan» peslarini
yozdi. Turkmaniston neftchilari hayotiga bag`ishlab yozilgan «Nebitdog`» romani Berdi
Kerboboevga katta shuhrat keltirdi.
Adib o`zining yaxshi tarjimon ekanligini ham isbotladi. U Maksim Gorkiyning
«Ona», Lev Tolstoyning «Hojimurod», M.Sholoxovning «Ochilgan qo`riq»,
A.Griboedovning «Aqllilik balosi», Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asarlarini me'yoriga
yetkazib turkman tiliga o`girdi. Berdi Kerboboev Turkmaniston Fanlar akademiyasining
haqiqiy a'zosi bo`lishi barobarida uzoq yil Yozuvchilar uyushmasining raisi bo`lib ishladi.
O`zbek kitobxonlari adibning «Dadil qadam», «Nebitdog`» romanlari, «Oysulton»
povestlarini o`zbek tilida o`qishga muyassar bo`lishdi.
QOZOQ ADABIYOTI
Qzoq xalqining ko`p yillik tarixi va milliy madaniyati Savdo hunarmandchilik
markazlari, hosildor ekin maydonlari barobarida milliy madaniyat namunalari XIII asrda
mug`ul bosqinchilari tomonidan yakson qilindi. Ko`chmanchi tarqoq chorvadorlar, XVI
asrlarda tashkil topgan kattajuz, o`rtajuz, kichikjuz deb atalgan urug` uyushmalari 1723-
yilda mamlakatga yopirilib kelgan jungorlar (qolmiqlar) hujumiga bardosh berolmadi. Bu
Rossiya imperiyasining osongina qozoq xalqini bosib olishiga imkon yaratdi.
Qozoq yozma adabiyoti ancha kech shakllandi. XIX asrgacha qozoqlarda adabiyot,
asosan, xalq og`zaki ijodiyoti shaklida rivojlandi.. xalq ijodidagi qo`shiq, ertak va
dostonlar turli mavzularni qamrab olgan. Ayniqsa, qahramonlik dostonlari salmoqli o`rin
tutadi. «Qo`blandi botir», «Qambar botir», «Ertag`in» shular sirasiga mansub. Qozoq
folklorida «Qizjibek», «Qo`zi ko`rpesh» va Bayan suluv», «Suluv shash» ishqiy-lirik
dostonlari juda mashhur bo`lib, kattadan-kichik barchasi uni yodlashga harakat qilgan.
XVIII-XIX asrlarda og`izdan-og`izga ko`chib yurgan dostonlarni kuylovchi xalq
oqinlari, jirovlar yetishib chiqdi. Buxor jirov, Nisanboy, Do`sxo`ja, Maxambet Utemisov,
25


Aim.uz
Xoliboy Mamabetovlarni ko`rsatish mumkin. O`zining ijrochilik mahorati bilan shuhrat
qozongan oqinlardan biri Jambul Jabayev Jambul tog` etagida kambag`al oilasida
tug`ilgan. Ustozi Suyumboy tarbiyasini olgan oqin «Kambag`alning sho`ri»,
«Shaltaboyga», «Mirzobek volostining boshlig`iga», «Qodirboyning iti» kabi asarlarda
xalqning hayotini real tasvirlashga intildi.
Sho`ro adabiyoti rivojining ilk davrida qozoq yozuvchilaridan I. Kubeyev, S.
Turayg`irov, S.Donentaev, I.Shonsugurov, S.Sayfullinlar ijod qilgan bo`lsa, ikkinchi
davrida Muxtor Avezov, Sobit Muqanov, G`abit Musrepov, G`abidin Mustafin, Toir
Jarokov, Abdulla Tojiboev, G`ali O`rmonovlar samarali ijod etishdi.
Qozoq romanchiligi I.Kubeyev, M.Avezov, S.Muqanov, G`.Musrenov,
G`.Mustafinlarlar ijodi bilan chambarchas bog`liq. Sobit Muqanov «Temir tas»,
«Bo`tako`z», «Hayot maktabi», «Polvon cho`loq», MuxtorAvezov «Enlik-Kebek», «Qora
ko`z», «Xon qene», «Abay», «Chegarada», «Yalang`och qilich», «Olma bog`ida», «Izlar»,
«Yelkama-yelka», «Burgutli ovchi», G`abiden Mustafin «Hayot yoki Mamot», «Shig`anan
Bersiev», «Millioner», «Qozoq soldati», «Uyg`ongan o`lka», S.Sayfullin «Qizil burgutlar»
asarlari bilan yangi pog`ona ko`tarildi desak mubolag`a bo`lmaydi. Albatta, bu asarlarning
talqin va tahlilida tavofut bor.
Qozoq va o`zbek adabiyotlari orasidagi aloqa va hamkorlik uzoq tarixga ega.
Alpomish va Go`ro`g`li, Qo`blandi Botir va Ertag`in, mullo Nasriddin bilan Aldar
Ko`sadan tortib Alisher Navoiy va Abaygacha do`stlik rishtalari mustahkamlangan.
O`zbek kitobxonlari uchun Muxtor avezovning to`rt jildlik «Abay», G`.Mustafinning
«Qarag`anda», «Chig`anoq», Jambul Jabaevning she'riy to`plamlari, S.Bkgalining «Ona
mehri» hikoyalar to`plami nashr etildi. Shu barobarida o`zbek yozuvchilaridan Hamza,
Oybek, Asqad Muxtor, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Ibrohim Rahim, shoirlardan
Uyg`un, Ramz Bobojon, Mirtemir, Shuhrat, Zulfiyalarning asarlari qozoq tilida chop
etildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə