O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


MIRZO TURSUNZODA (1911-1977)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
download-edfiles-17902

MIRZO TURSUNZODA (1911-1977)
Tojik adabiyotining atoqli arbobi, shoir va dramaturg Mirzo Tursunzoda Shahrinav
rayondagi Qoratog` qishlog`ida duradgor oilasida tug`ilgan. Dastlab qishloq maktabida,
so`ngra Dushanbe va Toshkent shaharlarida o`qib, oliy ma'lumotli bo`ldi. Uning ilk ijodi
1929-1930 yillarda boshlangan. Sekin-asta o`nlab she'riy to`plamlarini nashr etgan shoir
«Xazon va bahor» (1937), «Vatan o`g`li» (1942), «Hasan aravakash» (1960), «Jonginam»
(1961) kabi dostonlarni bitdi. Mavzu va ifoda nazaridan shoir she'rlarining tematikasi
nihoyatda keng. U yaratgan qahramon bir qarashda halol, pokiza inson, bir tasvirda
zulmkor, yana bir talqinida mustamlakachilikka qarshi bosh ko`targan xalqning suyiklisi.
Bir so`z bilan aytganda, shoir qahramoni zamona bilan hamnafas qadam tashlaydi. U
«Vose qo`zg`oloni» (1939), «Tohir va Zuhra» (1944), «Kelin» (1947) kabi librettolarni
yozib, dramaturgiyaning rivojlanishiga birmuncha ijobiy ta'sir qildi.
Yigirma yil davomida Tojikiston yozuvchilar uyushmasi raisi bo`lib ishlagan Mirzo
«Hindiston qissasi», «Hasan aravakash», asarlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi.
Mirzo Tursunodaning she'rlari o`zbek tiliga tarjima qilingan.
«Ozod Sharqdan men» asari 1950 yilda yozilgan. Sho`ro davrining eng ashaddiy
vaqtida bitilgan mazkur asar tahlili ikki tomonlama ahamiyat kasb etadi. Birinchi
mutolaadan shunday fikr kelib chiqadiki, Mirzo Tursunzoda ozod Sharq va tutqun
Sharqning ijobiy hamda salbiy jihatlarini tasvirlaydi. Tutqun Sharq vakilining holi
parishon, nigohlari so`lg`in, xayoli beqaror, unga xayol surish odat, qora zindonda azob
chekadi. Ozod Sharqlikning boshi baland, g`olib, osmonda qushday uchadi, saodat doim
unga yor.
Do`stim, nega holing buncha parishon,
So`zlaring, aytilmay qoldimi pinhon?
(Nega, nega so`lg`in nigoh tashlaysan),
Nega, hasad bilan qaraysan ba'zan,
Tug`ilgan o`lkangda, shahringda zotan,
Menga o`xshashlarni ko`rmaganmisan?
Chuqur qarashingdan qanday ma'no bor,
Ne uchun xayoling buncha beqaror,
Ne uchun men g`olib va boshim baland?
Nega sen bechora qayg`ularga band,
Ne uchun menga yor doim saodat,
Senga faqat xayol surishdir odat.
Nega men uchaman qushday osmonda?
Sen azob chekasan qora zindonda?
Ayni shu satrlarni teskarisiga aylantirsangiz, muddao ravshanlashadi, ya'ni ozod
Sharqning dardi chichida, garchand o`ziga saodatni yor bilsa, aslida uning xayoli
19


Aim.uz
parishonu rangi za'faron. Yashash uchun majbur mavjud tuzumni maqtashgan. Mana bu
satrlarga e'tibor bersangiz maqsad yanada oydinlashadi:
Sen ham ulug` Sharqning haqiqiy o`g`li,
Qadim el farzandi ekaning to`g`ri!
Sening o`kangda ham har sahar yuvosh,
Ufqdan jilmayib chiqadi quyosh.
Sening o`lkangda ham bahor kuladi,
Tabiat jamoli nurga to`ladi.
U bahor quyoshi sochsa-da ziyo,
Umidlar daraxti ko`karmas aslo.
Undan mehnat ahli ko`rmaydi rohat.
Zolimlar cho`ntagi to`ladi faqat,
Bu xilda yashashlik sen uchun odat,
Kelgindilar esa topadi rohat.
Darhaqiqat, millat o`zligidan, millat merosu an'ana-urf-odatlaridan mahrum
etilgach, uning boshida nur sochgan quyosh qalbidagi muzni erita olmaydi, umidlar
daraxtini ko`kartirmaydi. «Kelgindi» lar uchun bu rohat. Shoir qarshilantirish usulidan
foydalanib, yana o`zining «ozod» yurtini, farovon hayotini maqtaydi:
Mening diyorimda o`zgacha bahor,
Bahorki, er-ayol yashar baxtiyor.
Tabiat yashnab, gul ochilishidan.
Ko`katdan turli hid sochilishidan.
Daryo, soylar to`lib mavjlanishidan,
Qushlarning sayrashi avj olishidan,
Go`zalroq bahor bor - mehnat bahori.
Elim qozongan shon-shavkat bahori.
Ikki Sharqlik kishining siymosi sho`ro davrida jabrdiyda va jabr zulm qiluvchi
tarzida talqin etilgan. Aslida shoirning dardi, maqsadi o`zga. U do`st niqobini kiyib,
terisini shilgan, vahshiy, ochko`z, tekinxo`r, doimo uning don-dunini yig`adigan «do`sti»ni
tasvirlaydi. Shu boim «Nyu-Yorklik», «Londonlik» zolim deya murojaat etadi:
Do`st niqobin kiyib, bosib yeringni,
Shilib oladilar qotgan teringni.
Tunu kun vahshiydan ochko`z tekinxo`r,
Nyu-Yorklik, Londonlik zolimlar mudom.
Xalqingga qiladi ajalni «in'om»,
Shu sabab ko`zingda tinmaydi yoshing,
Baland ko`tarilmas g`am boshgan boshing.
«Sho`ro Sharqining» yutuqlari ko`p, ya'ni xalqlar bir-biriga mehribon, bir Vatanda,
bir ulug` oilada, xavf-xatar yo`q, insonning qadri baland, bu yurtda har narsa muqaddas,
go`zal, qand kabi shirin. «Kosa tagida nim kosa» qabilidagi fikrlarda zikr etilganlarning
teskarisi ifodasini topadi. Ayni shu Moskvaning g`amxo`rligi bois azaldan bir-biriga
mehribon, quda-anda bo`lib kelgan xalqlar alohida jumhuriyat niqobi ostida ajratildi, bir
oila deb yashash garchi targ`ib etilsa ham bir millatning manfaati, , qarashlari, o`yu-fikri
yuqori mavqeni egalladi. Shu saba shoir «Shunday farq qiladi ikki Sharqimiz!», deb
alohida urg`u beradi. 
20


Aim.uz
«Osiyo ovozi» asari lirik janrning eng go`zal namunasi bo`lish barobarida Mirzo
Tursunzodaning saohiyati baland shoirligidan dalolat. Birinchidan, unda Sharq mumtoz
adabiyotining azaliy an'anasi o`z ifodasini topgan. Ikkinchidan, Sharqning azaliy, qo`hna
va abadiy o`tmishi ta'sirchan ifodalangan. Uchinchidan, shiru, shakar, uslubi asarning
mavqeini ko`targan. To`rtinchidan, fors-tojik adabiyoti, qolaversa, dunyo adabiyotining
go`zal shoirlari Sa'diy, Hofizlarning uslubiy o`ziga xosligi aks ettirilgan. Asarning
nomlanishi- «Osiyo ovozi» da ham ayricha ma'no bor. «Osiyo ovozi»- Osiyoning azaliy,
qo`hna tarixi, buguni asardan-asrga sayqal topadigan tarixiy merosi, qadriyatlari.
Osiyo gapirar, tinglang ovozin!
Jo`shqin daryo mavjin, hayqiriq sozin!
Osiyo uyg`ondi, uxlamas uyg`oq,
Bo`ldi rostlik, do`stlik u bilan o`rtoq.
Shoirning fikricha, Osiyo hamma vaqt uyg`oq, jo`shqin daryoga o`xshaydi. U hech
vaqt uxlagan emas. Shu bois unga qorong`i kecha, hayqiriqli to`lqin ta'sir qilmaydi.
Uyg`oqlikka ishonsang Hofizning baytlarini esaga ol:
Hofiz she'rin eslang-Sharq faryodin,
Chekkan nolasin, ohu dodin:
«Shabi toriku bimi mavju girdobe chunin hoil
Kujo donad holi mo sabukboroni sohilho».
(Tarjima: Tun qorong`u, to`lqin xavfi, girdob to`sig`i ko`z oldimizda, qirg`oqdagi
yuki yengil kishilar bizning ahvolimizni qayoqdan bilsinlar).
Osiyoni o`zining onasiday bilgan Mirzo Tursunzoda uni hech bir mamlakatga mengzita
olmaydi. Sabab u tengsiz, ta'rifga zor emas. Uning obod bog`i, mevali daraxtlari bor. Bu
bog`ni hech kim g`orat qilolmaydi. Asar oxirida shoir lirikk chekinish qilib, o`zining
go`zal qishlog`iga nazar tashlaydi:
Shu onda qishlog`im yodimga tushdi,
Zilol suv, irmog`im yodimga tushdi.
Yuksalgan tog`lari tushdi yodimga,
Qaynar buloqlari tushdi yodimga.
Suvi kiyikdan ham chaqqonroq yurar,
Tunda unda yulduz ko`rinib turar.
Garchand muallif asarida Moskvani ham kiritgan bo`lsa-da, o`zining baxtli
yashayotganini satrlarga singdirsa-da, mohiyat mazmunida erksevarlarning irodasini hech
narsa yenga olmaydi, Osiyo xalqlari shubhasiz mustaqillikka erishadi, degan g`oya
mavjud:
Lekin irodani hech kim bukolmas,
Erksevarlar yo`lini hech kim to`solmas.
Erk! Deb yangramoqda Osiyo sasi,
Qayna, ey Osiyo xalqin nafasi!

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə