O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


O`LJAS SULAYMON (1936 YILDA TUG`ILGAN)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
download-edfiles-17902

O`LJAS SULAYMON (1936 YILDA TUG`ILGAN)
Zamonaviy qozoq adabiyotining yetuk vakili O`ljas Sulaymon 1936-yil 18-mayda
Olma Ota shahrida tug`ilgan. Uning otasi harbiy xizmatchi edi. O`rta ta'limni rus
maktabida olgan O`ljas Qozog`iston Davlat Universitetining geologiya fakultetiga
o`qishga kirdi. Badiiy ijodga bo`lgan qiziqish uni 1961 yil Maksim Gorkiy nomidagi
adabiyot institutiga yetakladi. 1962-1971-yillar orasida u «Qozog`im» studiyasi bosh
muharriri, «Prostor» jurnali bo`lim mudiri, 1972-yildan boshlab Qozog`iston Yozuvchilar
uyushmasi kotibi, Qozog`istonning Italiyadagi elchisi sifatida faoliyat ko`rsatdi. O`ljas
Sulaymon qozoq xalqiga xos milliy xususiyatlarni, urf-odatlarni, shonli va og`riqli
nuqtalarni yaxshi biladi. Shu bois uning asrida qozoq xalqining milliy ruhi teran
ifodalanadi.. 1961-yilda shoirning ilk asari- «Arg`umoqlar» chop etildi. Shundan so`ng
«Quyoshli tunlar», «Ajoyib tun», «Sharofatli vaqtlar», «Maymun yili», «Loy kitob»,
«Olovning ko`chishi», «Yumaloq yulduz», «Az i Ya» kabi o`nlab she'riy, nasriy, ilmiy
kitoblari nashrdan chiqdi.
O`ljas Sulaymonning badiiy asarlarida qozoqning o`ziga xos turmush tarzi, o`y-
fikrlari, his-tuyg`ulari aks ettirilsa, ilmiy asarlarida turkiy xalqlarning dunyo madaniyati
taraqqiyotidagi ulkan o`rni tarixiy dalillar asnosida ko`rsatilgan.
«Az i ya» asari Yevropaparastlar aytganiday, turkiylar yovvoyi va madaniyatsiz
qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy millatlaridan biri ekanini isbotladi.
O`ljas Sulaymonning «Qoyilmisan, insonga zamin» deb nomlangan dostoni inson
imkoniyatlari va irodasi haqida bitilgan madhiya yanglig` dunyoga yangradi. Unda
27


Aim.uz
koinotni zabt etgan va jahon taqdirida yangi bosqichni boshlab bergan odamzot
to`g`risidagi mushohadalar g`oyat ta'sirchan ifodalangan.
Shoir she'riyatidagi qahramon g`ururli, o`z qadrini biladigan, ayni vaqtda
o`zgalarning ham hurmatini joyiga qo`yadigan shaxsdir.
Ular fe'li keng, tanti, falsafiy mushohadalarga moyil, chapani va jo`mard kishilar sifatida
yorqin bo`yoqlar, kuchli she'riy timsollar vositasida jozibador tasvirlangan.
Arg`umoq (Azim Suyun tarjimasi)
Yilqisi bilan mashhur,
Qadim qipchoq yerida.
Oqib boradi uyub,
Kuygan o`tlar selida.
Tomirimda qaynar qon,
Tulporidan saylab ber.
Eldiray misli bo`ron,
Ostin-ustun bo`lsin yer.
Ellar alanga olsin,
Arg`umoqning qonida.
Qiyoq, alaflar qolsin,
Tuyoqlar to`zonida.
Yashash, kurash nimadir,
Bilib qo`ysin arg`umoq.
Jasorat bizda taqdir,
Guldirab ketsin so`qmoq.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə