O’rmon huquqi faniga oid glossariy gar



Yüklə 16,98 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü16,98 Kb.
#139272
  1   2   3
glossary


O’RMON HUQUQI FANIGA OID GLOSSARIY


Gar – o’simliklar yong’in ta’sirida nobud bo’lgan va yangi avlod o’rmonlari hali shakllanmagan o’rmon maydoni.
Davlat o’rmon kadastri – o’rmonlarning tabiiy, xo’jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, davlat o’rmon fondi uchastkalarining sifat tavsiflari hamda ularning o’rmondan foydalanuvchilar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi ma’lumotlar va hujjatlar tizimi. Davlat o’rmon kadastri manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o’rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko’paytirish maqsadida o’rmon to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Davlat o’rmon kadastri davlat o’rmon xo’jaligi organlari tomonidan davlat byudjeti mablag’lari hisobidan yagona tizim bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda olib boriladi.
Davlat o’rmon fondi – O’zbekiston hududidagi hamma o’rmonlar davlat o’rmon fondini tashkil etadi. Davlat o’rmon fondi: davlat ahamiyatiga ega bo’lgan o’rmonlardan, ya’ni davlat o’rmon xo’jaligi organlari qaramog’idagi o’rmonlardan hamda boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanishidagi o’rmonlardan iborat bo’ladi.
Davlat o’rmon fondi uchastkalarimuayyan chegarasi, maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda ko’rsatilgan davlat o’rmon fondining bir qismi.
Sanitariya kesish – o’rmonning sanitariya holatini yaxshilash maqsadida kasal, jarohatlangan, quriyotgan yoki qurigan daraxtlarni kesish.
Taksatsiya – (“takso” – “baholash mezonini belgilash”) o’rmonlarni son jihatdan baholash, uning qiymati va bahosini aniqlash.
O’rmon – muayyan hududda daraxt va butasimon o’simliklar hamda tabiatning atrof muhit bilan o’zaro aloqador bo’lgan boshqa elementlari majmui asosida shakllangan tabiiy kompleks bo’lib, muhim ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.

Yüklə 16,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə