O’rmon huquqi faniga oid glossariy gar



Yüklə 16,98 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü16,98 Kb.
#139272
1   2   3
glossary

O’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o’rmon bilan qoplanmagan, ammo o’rmon xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar.
O’rmondan foydalanish – o’rmon resurslari va o’rmonning foydali xususiyatlaridan foydalanish bo’yicha yuridik va iqtisodiy jihatdan tartibga solingan faoliyat.
O’rmondan foydalanuvchi – o’rmondan foydalanish huquqi o’rmon qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar.
O’rmonlarning vazifalari o’rmonlar asosan ekologik (suvni muhofaza qilish, qo’riqlash, sanitariya-gigiena, sog’lomlashtirish, rekreatsion), estetik va boshqa vazifalarni bajaradi, cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega.
O’rmonlarning qo’riqlanish toifalari belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga ko’ra o’rmonlar quyidagi qo’riqlanish toifalariga kiritiladi: o’rmonlarning daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab o’tgan taqiqlangan mintaqalari; o’rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o’rmonlar; o’rmonlarning temir yo’l va avtomobil yo’llari yoqalab o’tgan ihota mintaqalari; cho’l va chala cho’l mintaqasidagi o’rmonlar; shahar o’rmonlari va o’rmon-bog’lar; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi ko’kalamzorlashtirilgan mintaqadagi o’rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi o’rmonlar; kurortlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi o’rmonlar; alohida qimmatga ega bo’lgan o’rmon mavzelari; yong’oqchilik mintaqasidagi o’rmonlar; o’rmonning mevali daraxtzorlari; davlat qo’riqxona o’rmonlari; davlat milliy tabiiy bog’larining o’rmonlari; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan o’rmonlar. O’rmonlarni qo’riqlanish toifalariga kiritish O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi o’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
O’rmonlashuv – muayyan bir hududning o’rmon bilan qoplanganlik darajasi bo’lib, yerning o’rmon bilan qoplangan qismini umumiy maydoniga nisbati asosida aniqlanadi hamda foizlarda ifodalanadi.
Yüklə 16,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə