Gidroidlar sinfi
o`z ichiga eng oddiy va mayda hajmli kovak ichlilarni
oladi. Ularga alohida uchrovchi va koloniya bo`lib yashovchi kovakichlilar kiradi.
Alohida yashovchi gidroidlarga chuchuk suv gidrasini misol qilib olish
mumkin(10-rasm). U 1-3 sm uzunlikka ega bo`lgan yakka polip bo`lib hisoblanadi.
Tovoni bilan suv substratlariga yopishib, uzun paypaslagichlarini har xil tomonga
oziqa ushlash uchun tarqatadi. U yirtqich hayvon bo`lib, mayda suv hayvonlari
(tuban qisqichbaqasimonlar, baliq chavoqlari) bilan oziqlanadi. Ular ayrim jinsli
va germafrodit hayvonlar. Kurtaklanish va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Gidralar
regenerativ xususiyatga ega.
Dengiz gidroidlari ichida ko`pincha koloniya (to`da) bo`lib yashovchi
meduzalar uchraydi. Ular murakkab taraqqiyot sikliga ega. Jumladan ularda jinssiz
avlodlar (poliplar) ni jinsiy avlodlar (meduzalar) bilan almashinib turish kuzatiladi.
Koloniyalar esa ko`p marta kurtaklanish oqibatida ruy beradi.
Dostları ilə paylaş: |