Marjon poliplar sinfi
ham o`z ichiga dengiz hayvonlarini oladi. Ular
yanada murakkab tuzilgan ektoderma ostida joylashgan muskul qavatga ega.
Ektoderma hujayralari shoxsimon yoki ohaksimon modda ishlab chiqib, ulardan
tashqi yoki ichki skelet hosil qiladi.
Ko`pchilik marjon poliplar kolonial organizmlar. Ularning koloniyalari
orollarni o`rab olgan katta hajmdagi har xil rangli to‘siqlar, riflar hosil qiladi (12-
rasm). Ularning eng kuchlisi Avstraliyaning sharqiy qirg`oqlarida joylashgan va
1400 km ga cho`zilgan. Marjon poliplarga alohida yashovchi, uzunligi bir necha
mm dan 1,5 m gacha bo`lgan skeletsiz aktiniyalar ham kiradi. Ayrim aktiniyalar
qisqichbaqasimonlar bilan simbiont holda yoki mollyuskalar chig`anoqlarida hayot
kechiradi.
|