yadroli oraliq hujayralar joylashgan. Bu hujayralar bo‘linib ko'payishi
natijasida gidra tanasini tashkil etuvchi barcha hujayralar hosil bo'ladi. Ana
shu hujayralarning tez o'sib, ixtisoslashuvi tufayli gidra tanasining
jarohatlangan joyi bitib ketadi. Tirik organizmlar tanasining jarohatlangan
yoki yo'qotilgan qismining tiklanishi regeneratsiya deyiladi (regeniratsiya so'zi
«qayta tiklanish» ma’nosini anglatadi). Gidra tanasi juda ko‘p mayda
bo‘laklarga bo‘linganida ham qulay sharoit tug‘ilishi bilan har bir bo‘lakdan
alohida gidra hosil boiadi. Gidra 200 bo'lakka ajratilganida ham
regeneratsiyalanishi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: