Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar
Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning asosiy vazifasi flotatsiyalanuvchi
mineral zarrachalar yopishib olgan havo pufakchalarini mustaxkamligini oshirish,
pufakchalarni bir-biriga qo‘shilib ketishidan asrash, bo‘tanada havo pufakchalarini
bir o‘lchamda ushlab turish va pufakchalarni harakat tezligini kamaytirishdan
iboratdir.
Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar sirt faol moddalar (SFM) bo‘lib, suv-havo
chegara sirtlariga o‘z-o‘zidan shimilish (adsorbsiyalanib), sirt energiyasini
kamaytirish qobiliyatiga ega. Shimilishda polyar (qutblangan) guruh suv tomonda,
suyuqmas, uglevodorod radikali esa uning sirtida bo‘ladi.
Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning molekulalari geteropolyar qurilishga
ega bo‘lib, ularning polyar guruhi, gidroksil (-
ОН
), karboksil (
СООН
),
карбонил
(-
СО
), aminoguruh (N
Н
2
), sulfoguruhlarga (-
ОСО
2
ОН
ёки
СО
2
ОН
) bo‘linishi
mumkin.
Amalda, gidroksil polyar guruhiga ega bo‘lgan reagentlar ko‘proq.
ishlatiladi, Sababi, ular minerallarga kuchsiz bog‘lanadi va flotatsiyani
tanlovchanligini oshiradi. Karboksil, amino- va sulfoguruhli reagentlar esa qisman
yig‘uvchi reagent xossasiga ega.
Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning xossalari ko‘proq gidrofob radikalining
qurilishiga va uzunligiga bog‘liq,. Eng oddiysi alifatik radikal (-
СН
2
-
СН
2
-…
СН
2
-
СН
3
). Radikal uzunligi oshib borgan sari ko‘pik hosil qilish yaxshilanib
boradi, ammo bu ma’lum uzunlikkacha boradi. Radikal haddan tashqari uzun
bo‘lsa, ularning ko‘pik hosil qilish qobiliyati yo‘qolib boradi, chunki uzun radikalli
reagent molekulalari o‘zaro tortishib, assosiatlar (agregatlar) - yirik molekulalar
hosil qiladi, bu esa ko‘pik hosil qilish qobiliyatini yo‘qotadi.
Ko‘pik hosil qiluvchilar ma’lum darajada suvda eruvchanlikka ega bo‘lish
kerak. Alifatik ko‘pik hosil qiluvchilar orasida kislotalar, aminlar va spirtlar,
aromatik birikmalar ichida - spirtlar, aminlar va kislotalar suvda eriydi.
Dostları ilə paylaş: |