Spirtlar. To’yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə1/7
tarix10.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#109487
  1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU


SPIRTLAR. TO’YINGAN BIR ATOMLI SPIRTLARNING NOMENKLATURASI, IZOMERIYASI VA OLINISHI.

Uglevodorodlarni tarkibidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini gidroksil (OH) guruhga almashinishidan hosil bo‘lgan organik birikmalar spirtlar deyiladi.


Agar bitta vodorod gidroksil guruh bilan almashsa bir atomli spirt, ikkita vodorod atomi OH guruh bilan almashsa ikki atomli, uchta vodorod almashinsa esa uch atomli spirtlar hosil bo‘ladi.





To`yingan bir atomli spirtlar

Alkan molekulasidagi bitta vodorod atomini gidroksil (OH) guruhga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan organik birikmalarga to‘yingan bir atomli spirtlar deyiladi. Ular CnH2n+1 OH umumiy formulaga ega.




Spirtlar ham o‘z gomologik qatoriga ega bo‘lib, bir vakilining tarkibi o‘zidan oldingi va keyingilaridan CH2(metilen)— guruhga farq qiladi.


Nomenklaturasi va izomeriyasi. Spirtlar ratsional nomenklatura bo‘yicha radikal nomiga spirt so‘zini qo‘shib o‘qish bilan hosil bo‘ladi.

CH3OH metil spirti


C2H5OH etil spirti
C3H7OH propil spirti
Sistematik nomenklatura bo‘yicha spirtlarni nomlashda:
1. Gidroksil (OH) guruh tutgan eng uzun uglerod zanjiri asosiy uglerod zanjiri sifatida tanlab olinadi.
2. Asosiy uglerod zanjirini raqamlash gidroksil guruh yaqin tomondan boshlanadi.
3. Spirtlar nomi tegishli to‘yingan uglevodorodlar nomiga «ol» qo‘shimchasini qo‘shib o‘qiladi.
4. Eng so‘ngida gidroksil guruh qaysi uglerod atomida turganligi raqam bilan ko‘rsatiladi:


Spirtlarda gidroksil guruh birlamchi uglerod atomiga bog‘lansa birlamchi spirt, ikkilamchi uglerod atomiga bog‘lansa ikkilamchi spirt va uchlamchi uglerod atomiga bog‘lansa uchlamchi spirt deyiladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə