Spirtlar. To’yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə5/7
tarix10.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#109487
1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU

Nomenklaturasi. Aldegidlarni nomlashda trivial nomenklatura keng qo‘llaniladi. Bunda tegishli karbon kislota nomidagi ,,kislota’’ so‘zini “aldegid” ga almashtirish kifoya. Masalan: chumoli kislotaga mos chumoli aldegid, sirka kislotaga mos sirka aldegid.
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra, tegishli alkanga “al”-suffiksi qo‘shish
bilan ko‘rsatiladi. Masalan: propion aldegidni propanal, moy aldegidni butanal
deb nomlanadi.


Olinish usullari.
1.Birlamchi spirtlarni oksidlash- Birlamchi spirtlar oksidlanganda aldegidlar hosil bo‘ladi:
M
is(II) oksid metanolni oksidlaganda formaldegid hosil bo‘ladi:

Bu reaksiya uzluksiz ravishda davom etadi, chunki reaksiyada ajralib chiqqan mis metali havo kislorodi bilan qayta oksidlanib, metanolning yangi qismlarini oksidlayveradi.


Cu + O2 → 2CuO




2. Asetilenning gidratlanishi – Asetilen suv molekulasini biriktirib sirka aldegid hosil qiladi. (M.G. Kucherov reaksiyasi):
3. Birinchi uglerod atomida ikkita galogen atomlari tutgan alkanlarni gidrolizlab aldegidlar olinadi.
Avval qisqa muddat mavjud bo‘luvchi beqaror ikki atomli spirt hosil bo‘ladi.
Beqarorligi sababli, ushbu spirt suv va etanalga parchalanadi.


Fizik xossalari. Aldegidlarning eng birinchi vakili—chumoli aldegid (formaldegid) oddiy sharoitda bo‘g‘uvchi o‘tkir hidli gaz. Aldegidlarning quyi vakillari suyuq modda bo‘lib, suvda va organik erituvchilarda oson eriydi. Yuqori vakillari qattiq moddalar hisoblanadi. Ularning molekular og‘irligi ortishi bilan qaynash harorati ortadi. Aldegidlarda molekulalararo vodorod bog‘lanish bo‘lmaganligi sababli,
ularning qaynash harorati tegishli spirtlar va karbon kislotalarning qaynash haroratidan nisbatan past bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari. Aldegidlar kimyoviy reaksiyalarga oson kirishadi. Aldegid uchun oksidlanish, qaytarilish va kondensatlanish reaksiyalari xosdir.
Aldegidlarning qaytarilishi. Aldegidlar Ni katalizatori ishtirokida vodorodni biriktirib olishi mumkin. Bunda aldegidlardan tegishli birlamchi spirtlar hosil bo‘ladi:


Aldegidlarning oksidlanishi. Aldegidlar oson oksidlanadigan birikmalardir. Ular xatto havo kislorodi yoki kuchsiz oksidlovchilar, masalan, kumush oksidining ammiakli eritmasi va mis (II) gidroksid ta’sirida oson oksidlanadi. Aldegidlarning kumush oksidining ammiakli eritmasi bilan oksidlanishi «kumush ko‘zgu» reaksiyasi deyiladi. Bu reaksiya aldegidlar sifat reaksiyasi hisoblanadi:

Qaytarilgan kumush probirka devorlariga yaltiroq qatlam holida o‘tiradi, aldegid esa oksidlanib, tegishli organik kislotaga aylanadi. Boshqa bir xarakterli reaksiya aldegidlarni mis (II) gidroksid bilan oksidlashdir. Agar mis (II) gidroksidning havorangli cho‘kmasiga aldegid eritmasidan qo‘shilsa va aralashma qizdirilsa, u holda dastlab mis (I) gidroksidning sariq cho‘kmasi hosil bo‘ladi, qizdirish davom ettirilganda qizil rangli mis (I) oksidga aylanadi:





Bu reaksiya ham «kumush ko‘zgu» reaksiyasi kabi aldegidlarga xos sifat reaksiyasidir. Aldegidni fenol bilan katalizatorlar (kislota yoki asos) ishtirokida qizdirilganda polikondensatsiya reaksiyasi sodir bo‘ladi, reaksiya natijasida esa fenolformaldegid smolasi va suv hosil bo‘ladi. Polikondensatsiya reaksiyasi deb molekulyar og‘irligi kichik bo‘lgan molekulalardan katta molekulalar hosil bo‘ladigan va bunda qo‘shimcha moddalarning ajralishi (suv, spirt ) bilan boradigan jarayonga aytiladi.





Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə