Spirtlar. To’yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi


ODDIY EFIRLAR. OLINISHI VA XOSSALARI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə7/7
tarix10.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#109487
1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU

ODDIY EFIRLAR. OLINISHI VA XOSSALARI
Umumiy formulasi R—O—R’ bo‘lgan organik birikmalarga oddiy efirlar
deyiladi. Oddiy efirlarga spirt gidroksil guruhlarining vodorod atomi o‘rniga radikal almashingan yoki suv molekulasidagi ikkita vodorod atomi o‘rniga radikallar almashingan deb qarash ham mumkin.


Nomenklaturasi. Sistematik (xalqaro) nomenklatura bo‘yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to‘yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi oldiga ikkinchi radikal (R – O – Alkoksigruppa) nomi qo‘shiladi.


O
ddiy efirlar asosan ratsional nomeklaturaga muvofiq, radikallar nomiga efir so‘zi qo‘shib aytiladi. Masalan:


Izomeriyasi. Oddiy efirlarda radikallarni turini o‘zgarishiga ko‘ra izomeriya
kuzatiladi.
Masalan: metilpropil efir, metilizopropil efir, dimetil efir
Oddiy efirlar va bir atomli to‘yingan spirtlarning empirik formulasi bilan
bir xil, shuning uchun ularda sinflararo izomeriya kuzatiladi.
Masalan:


Olinish usullari. Dietil efir etil spirtini sulfat kislota ishirokida qizdirilishi bilan olinadi.

Sanoatda spirt bug‘larini yuqori haroratda katalizator ustidan o‘tkazib olinadi. Masalan: dimetil efir olish uchun metil spirt bug‘i ustidan temperature ta’sirida Al2O3 o‘tkaziladi.





Fizik xossalari. Dimetil va etilmetil efirlar gaz, o‘rta vakillari suyuqlik, yuqori molekulalari qattiq moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Efirlar oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydigan barqaror moddalardir. Ular ishqor va suyultirilgan kislotalar ta’sirida o‘zgarmaydi, shuning uchun ko‘pgina kimyoviy reaksiyalarda erituvchi sifatida ishlatiladi.
1. Oddiy efirlar konsentrlangan yodid kislota ta’sirida spirt va alkilgalogenidlarga parchalanadi.





Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə