Spirtlar. To’yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə3/7
tarix10.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#109487
1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU

Kimyoviy xossalari.
1. Spirtlar molekulasidagi gidroksil guruhning vodorod atomi o`rnini metall
egallashi natijasida alkagolyatlar hosil bo‘ladi.




Alkagolyatlar suvda gidrolizga uchraydigan noturg’un moddalardir.

2
. Spirtlar karbon kislotalar bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi. Bu reaksiya eterifikatsiya reaksiyasi deyiladi.


3
. Spirtni sulfat kislota ishtirokida yuqori temperaturada qizdirilsa, bir molekula spirtdan bir molekula suv chiqishi hisobiga to‘yinmagan uglevodorodlar hosil bo‘ladi. Masalan, etanoldan etilen hosil bo‘ladi.

4. Spirtlar pastroq temperaturada sulfat kislota bilan qizdirilsa, ikki molekula


s
pirtdan bir molekula suv ajralib oddiy efir hosil qiladi.
Suv molekulasining ajralib chiqishi bilan ketadigan reaksiyalar degidratlanish reaksiyasi deyiladi.


5. Spirtlar kislorodda yonib karbonat angidrid va suvni hosil qiladi:
E til spirtining yonishi:


Butil spirtining yonishi:




Ishlatilishi. Etanol tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Haroratni o‘lchashda termometrlarda ishlatiladi. Etil spirt organizmga kuchli ta’sir etadi. U asab tizimi, ovqat hazm qilish a’zolarini va yurak qon-tomirlarining ish faoliyati ishdan chiqib og‘ir kasalliklarga olib keladi.
KO’P ATOMLI SPIRTLAR. OLINISHI VA XOSSALARI.
ISHLATILISHI

Tarkibida bir nechta gidroksil guruh tutgan organik moddalarga ko‘p atomli spirtlar deyiladi. Ular to‘yingan uglevodoroddagi bir nechta vodorod atomi o‘rniga bir nechta gidroksil guruhlari almashinishidan hosil bo‘ladi.


Izomeriyasi va nomenklaturasi: Sistematik nomenklatura bo‘yicha 2 atomli spirtlarni nomlashda tegishli uglerovodorod nomiga “diol” qo‘shimchasi qo‘shiladi va gidroksil guruh tutgan uglerod atomlari raqamlar bilan ko‘rsatiladi:


Agar etan molekulasidagi 2 ta vodorod atomini gidroksil guruhga almashtirsak etilenglikol formulasi kelib chiqadi.Bunda vodorod atomlari turli uglerodlardan olinib, ular o‘rniga gidroksil guruhlar keladi. Etilenglikolni xalqaro nomenklatura bo‘yicha etandiol-1,2 deb ham nomlasa bo‘ladi.



Tarkibida ikkita gidroksil guruhlari bo’lgan spirtlar ikki atomli spirtlar deyiladi. Masalan, etilenglikol.


Xuddi shunday propan tarkibidagi uchta vodorodni gidroksil guruhlarga almashtirsak glitserin formulasi hosil bo‘ladi. Tabiiyki, turli uglerod atomlaridagi


vodorodlarni gidroksil guruhlariga almashtiramiz va glitserin formulasini hosil
qilamiz. Glitserinni xalqaro nomenklatura bo‘yicha propantriol-1,2,3 deb ham
nomlanadi.

Uchta vodorod atomi gidroksil guruhlarga almashgan uglevodorodlar uch atomli spirtlar deyiladi. Bularga gliserin misol bo‘ladi.


Hamma ko‘p atomli spirtlarda gidroksil guruhlarining har biri alohidaalohida uglerod atomlariga birikkan bo‘ladi. Ikkita gidroksil guruh bir uglerod atomiga birikkan spirtni hosil qilib bo‘lmaydi, chunki bunday spirtlar beqaror bo‘ladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə