Spirtlar. To’yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə6/7
tarix10.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#109487
1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU

KETONLAR. OLINISHI VA XOSSALARI
Karbonil guruhini ikkita uglevodorod radikali bilan bog‘lanishidan hosil bo‘ladigan birikmalar ketonlar deyiladi.
Ketonlarning umumiy formulasi CnH2nO, ya’ni bir xil uglerod atomlariga ega bo‘lgan aldegid va ketonlar bir-biriga nisbatan izomer moddalardir. Masalan, C3H6O formulaga quyidagi aldegid va keton mos keladi.


Nomenklaturasi. Oddiy ketonlarning nomlari karbonil guruh bilan bog‘langan radikallar nomiga “keton” so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Agar radikallar har xil bo‘lsa, radikali kichik bo‘lganidan boshlab aytiladi va oxirida keton so‘zi qo‘shiladi. Masalan:
K
etonlarning izomeriyasi yon radikallardagi uglerodlar soni o‘zgarishi bilan boradi.
Olinishi:
Alkinlarni gidratlanishi.

  1. A
    lkinlarning (asetilendan tashqari) gidratlanishidan ketonlar olinadi.

2. Bitta uglerodi ikkita galogen tutgan digaloid alkanlarni (galogenlar chetki


uglerod atomlarida bo‘lmagan birikmalar) gidrolizlash yo‘li bilan ham olinadi:


Fizik xossalari.
Ketonlarning quyi vakillari aldegidlar kabi suvda yaxshi eriydi va o‘ziga xos yoqimsiz hidga ega bo‘ladi.


Kimyoviy xossalari.
Ketonlar ham aldegidlar kabi birikish, oksidlanish reaksiyalariga kirishadi.
Reaksiyaga kirish qobiliyati aldegidlarga nisbatan sustroq.
Birikish reaksiyalari. Ketonlar katalizator ishtirokida vodorodni biriktirib
ikkilamchi spirtlar hosil bo‘ladi:

Ketonlar faqat kuchli oksidlovchilar (KMnO4 yoki K2Cr2O7) ta’sirida oksidlanadi.


Aseton(dimetilketon) CH3 – CO – CH3 56,5° C da qaynaydigan, o‘ziga xos hidli, rangsiz suyuqlik. Aseton yog‘ochni quruq haydashdan hosil bo‘lgan sirka kislotaning kalsiyli tuzidan olinadi. Ilgari bu usul aseton olishda yagona hisoblanar edi. Hozirda sanoatda aseton olishning bir necha samarali usullari kashf qilingan. Masalan, asetonni to‘g‘ridan to‘g‘ri sirka kislotaning o‘zidan ham olish mumkin. Buning uchun CH3COOH bug‘lari (Al2O3) katalizatorlar ustidan o‘tkaziladi. Aseton sanoatda keng qo‘llaniladi. Undan xloroform va yodoform olishda, kislotalar, asetat ipagi ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ko‘p miqdorda foydalaniladi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə